Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 88 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +12° kechasi +9°

Kelasi yilda benzin va dizel yoqilg‘isiga aksiz solig‘i stavkalari yana oshadi

2025-yilning aprel oyidan boshlab benzin, dizel yoqilg‘isi, gaz va boshqa neft mahsulotlariga aksiz stavkalari o‘rtacha 10 foizga oshiriladi.

1 daqiqa o‘qiladi

Yoqilg‘i mahsulotlariga aksiz solig‘i o‘zgarishlari

2025-yil uchun davlat byudjeti to‘g‘risidagi qonun qabul qilinishi munosabati bilan Soliq kodeksiga kiritilgan tuzatishlardan kelib chiqib, kelgusi yilda yoqilg‘i mahsulotlariga aksiz solig‘i stavkalari o‘zgartiriladi. Unga ko‘ra, kelgusi yilning 1-apreldan boshlab benzin, dizel yoqilg‘isi, gaz va boshqa neft mahsulotlariga aksiz stavkalari o‘rtacha 10 foizga oshiriladi. 

Tabiiy gaz uchun stavka pasaytiriladi

Hujjatga ko‘ra, 1-yanvardan boshlab tabiiy gaz uchun aksiz solig‘i stavkasi 20 foizdan 12 foizgacha pasaytiriladi. 1-apreldan yakuniy iste’molchilar uchun barcha turdagi benzin uchun aksiz solig‘i oshiriladi.