O‘zbekiston terma jamoasi futbolchilari bu darajaga qayerdan yetib kelgan?
Milliy terma jamoaga o‘yinchilarini yetishtirib bergan futbol akademiyalari va futbolchilarning qaysi hududlardan yig‘ilganligini bilasizmi?
2 daqiqa o‘qiladi

Milliy terma jamoa har qanday futbolchi to‘p tepishni orzu qiladigan jamoa. U xoh Ronaldu bo‘lsin, xoh Messi ushbu jamoa oldida hech kimga aylanadi. Rasmiy o‘yinlarda jamoa, yana ham aniqrog‘i jamoa nomi ortidagi milliy g‘urur asosiy o‘ringa ko‘tariladi. Qolgan barchasi oddiy nomlarga aylanadi, qoladi. Shu sababidan terma jamoaga har qanday futbolchi hm chaqirilavermaydi. Bu darajaga yetib kelgan har bir futbolchining ortida kimlarningdir katta mehnati yotibdi. Faqat ular doim ham ko‘zga tashlanavermaydi, eslanmaydi. Keling, O‘zbekiston terma jamoasi futbolchilarini qaysi akademiya va viloyatlar yetishtirib berganini ko‘rib chiqamiz.
Terma jamoamiz o‘yinchilarini yetishtirib bergan futbol akademiyalar va ularda tahsil olgan futbolchilar ro‘yihati:
Paxtakor
- Botirali Ergashev
- Xojiakbar Alijonov
- O‘tkir Yusupov
- Jamshid Iskanderov
- Xojimat Erkinov
- Jaloliddin Masharipov
- Abbos Fayzullayev
- Umar Adhamzoda
Nasaf
- Abduvohid Nematov
- Farrux Sayfiyev
- Sherzod Nasrullayev
- Odil Hamrobekov
- Akmal Mozgovoy
- Bobur Abduxoliqov
Bunyodkor
- Rustam Ashurmatov
- Abduqodir Xusanov
- Abdulla Abdullayev
- Abdurauf Bo‘riyev
Mash'al
- Xusniddin Alikulov
- Otabek Shukurov
- Eldor Shomurodov
Sho‘rtan
- Umar Eshmurodov
Navbahor
- Aziz Turg‘unboyev
Qizilqum
- Oston Urunov
Jahon chempionati saralashining 3-bosqichida ishtirok etayotgan futbolchilarning tug‘ilib o‘sgan viloyatlari:
Qashqadaryo
- Sherzod Nasrullayev
- Umar Eshmurodov
- Husniddin Aliqulov
- Akmal Mozgovoy
- Bobur Abduholiqov
- Otabek Shukurov
Toshkent shahri
Abduqodir Husanov
O‘tkir Yusupov
Hojiakbar Alijonov
Samarqand
- Farrux Sayfiyev
Farg'ona
- Rustam Ashurmatov
Andijon
- Abdulla Abdullayev
Toshkent viloyati
- Hojimat Erkinov
Sirdaryo
- Abbosbek Fayzullayev
Xorazm
- Jaloliddin Masharipov
Surxondaryo
- Eldor Shomurodov
Namangan
- Odiljon Hamrobekov
- Aziz Turg‘unboyev
Navoiy
- Oston O‘runov



