$
 12228.58
20.5
 14282.98
166.78
 155.96
0.96
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yilda oilaviy ajrimlar soni kamaydi

ajrimlar

23-iyun kuni AOKAda Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi rahbariyati ishtirokida oʻtkazilgan matbuot anjumanida tizimda joriy yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar, istiqboldagi vazifalar toʻgʻrisida ma'lumot berildi.

Unga ko‘ra, 2024-yil 6 oyida respublika bo‘yicha 22 467 ta oilaviy ajrim qayd etilib, 2023-yilning shu davriga nisbatan 11,6 foizga kamayishga erishildi. 

89128 nafari kasb-hunarga, 38146 nafari tadbirkorlikka o‘qitildi

Qayd etilishicha, Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlashga qaratilgan qonunchilik asoslarini takomillashtirish yo‘nalishida 6 ta normativ-huquqiy hujjat (1 ta qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1 ta farmoni va 2 ta qarori hamda Hukumatning 2 ta qarori) qabul qilindi. 127 274 nafar xotin-qizlar, shundan, 89128 nafari kasb-hunarga, 38146 nafari tadbirkorlikka o‘qitildi.

13 131 nafar xotin-qizlarga subsidiyalar ajratildi

138 486 nafar xotin-qizlar doimiy ish o‘rinlariga, shuningdek, hududiy va tarmoq investitsiya dasturlari doirasida ishga tushirilgan loyihalar hisobiga yaratilgan yangi ish o‘rinlariga ishga joylashtirildi, 40 520 nafari haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etildi. 13 131 nafar xotin-qizlarga bandlikni rag‘batlantiruvchi subsidiyalar ajratildi.

Xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tijorat banklari tomonidan yanvar-iyun oylarida 74 420 nafar xotin-qizlarga 1 trln. 230 mlrd. so‘m kreditlar ajratildi.

Oliy ta’limda o‘qiyotganlarning 50,1 foizi xotin-qizlar

Oliy taʼlimning talabalari orasida xotin-qizlarning ulushi 50,1 foizga yetdi. Xotin-qizlarning oliy taʼlimni olishlari uchun yaratilgan imkoniyatlardan to‘laqonli foydalanishlarida ularga ko‘maklashish maqsadida ehtiyojmand oilalarning 18 481 nafar, kamida besh yil mehnat stajiga ega oliy maʼlumotga ega bo‘lmagan, 4 587 nafar xotin-qizlarga o‘qishga kirish uchun tavsiyanomalar berildi.

29 nafar xotin-qizlar javobgarlikdan ozod etildi

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi bilan birgalikda “Ayollar daftari” ga kiritilgan 1 mln. 237 nafar ehtiyojmand xotin-qizlarning 638 594 nafariga yordam ko‘rsatildi.

Profilaktik hisobda turgan 39 089 nafar xotin-qizlardan 12 535 nafariga ijtimoiy masalalarda amaliy yordam ko‘rsatish orqali hisobdan chiqarildi.

Sud jarayonlarida oila va xotin-qizlar bo‘limlari kafilligi asosida 29 nafar xotin-qizlar javobgarlikdan ozod etildi.

120 688 ta oila o‘rganilgan

Eslatib o‘tamiz, 3-iyul kuni AOKA da o‘tkazilgan yana bir brifingda 2024-yilning yanvar-iyun oylarida respublikada 2 665 ta holatda uyga kiritish bilan bog‘liq nizolar hal etilgani haqida aytilgandi.

Unga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-iyun oylarida “Oqila ayollar harakati” a’zolari, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi, tegishli mutaxassislar hamda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda 120 688 ta oila o‘rganilgan. Ulardan 59 345 tasida nizolar bartaraf etilgan.

Aliment, uyga kiritish, mol-mulk bilan bog‘liq nizolar

Shuningdek, 36 618 ta oila yarashtirilgan, 12 347 ta aliment, 2 665 ta uyga kiritish, 4 953 ta mol-mulk bilan bog‘liq nizolar hal etilgan. 2 ming nafar jarrohlik operatsiyasiga muhtoj xotin-qizlarni sog‘lom hayotga qaytarish uchun Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi tomonidan mablag‘ ajratish bo‘yicha Qo‘mita tomonidan yillik reja tasdiqlanib, aprel–iyun oylarida 735 nafar ehtiyojmand xotin-qizlar va bolalarning jarrohlik operatsiyasi va davolanishi uchun 10 mlrd. so‘mga yaqin mablag‘ ajratilgan.

Теги :
Jamiyat