$
 12875.06
13.23
 13406.80
-90.4
 124.75
-0.72
weather
+26
Кечаси   +14°

Sun’iy intellektning tuzalmas kamchiligi ma’lum bo‘ldi

AI

Olimlar va IT-kompaniyasi inson his-tuygʻularini toʻgʻri ajrata oladigan sunʼiy intellekt (SI) modelini yarata olmadi. Bu haqda The Conversation nashri xabar berdi.

Neyron tarmoqlar odamlardan ortda qolmoqda

Ommaviy axborot vositalari jurnalistlari SI xizmatlari bozorda paydo boʻlayotganini payqashdi. Ularning yaratuvchilari inson his-tuygʻularini ajrata oladigan namuna yaratishga vaʼda berishiga qaramay, neyron tarmoqlar va mashinalar bu mahoratda hali ham odamlardan ortda qolmoqda.

InTruth startapi

Misol tariqasida mualliflar avstraliyalik inTruth startapini keltirib oʻtishdi. Uning mutaxassislari sunʼiy intellekt modeli inson his-tuygʻularini ajrata olishi va shundan kelib chiqib xulosa chiqarishga qodir ekanligini taʼkidladi. Biroq, jurnalistlarning fikriga ko‘, mashinalar insonning hissiy holatini tushunishi mumkinligi haqida hali ham ilmiy dalil yoʻq.

SI insonlarni kamsita oladi

Ilgari SI insonlarni irqi, jinsi va nogironligi boʻyicha kamsitishi aniqlangan. Bir holatda, model qora tanlilarning his-tuygʻularini tajovuzkor deb bilgan. Mutaxassislarning taʼkidlashicha, oʻrganilgan SI modellari his-tuygʻularni aniqlashda fiziognomiya va frenologiyaga, jamiyat tomonidan tan olingan psevdo-ilmiy sohalarga tayanadi.

Теги :
Jamiyat