$
 12920.48
-7.79
 13436.01
-26.2
 130.17
0.51
weather
+26
Кечаси   +14°

Yil davomida dunyo aholisi 82 million, O‘zbekiston aholisi esa 750 ming kishiga ko‘paydi

Aholi

Mutaxassislarning qayd etishicha, 2025-yilning 1-yanvariga qadar dunyoda 8 milliard 156 million nafar inson mavjud bo‘ladi.

Dunyo aholisi o‘sish sur’ati

TASS nashri Germaniyaning Jahon aholisi bo‘yicha jamg‘armasiga tayangan holda 2024-yilda dunyo aholisi qariyb 82 million kishiga ko‘payganini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, aholining eng katta o‘sish sur’ati Afrikada kuzatilgan. Shuningdek, hisobotda ma’lum qilinishicha, ushbu qit’ada yashovchi odamlar soni keyingi yigirma yil ichida ikki baravardan ko‘proq oshishi mumkin. Qiziqarlisi, 2037-yilga kelib, dunyo aholisi birinchi marta 9 milliarddan oshishi mumkin.

 O‘zbekiston aholisi

2024-yil boshidan buyon O‘zbekiston aholisi salkam 750 ming kishiga ortdi. Yana ham aniq aytadigan bo‘lsak, Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, bu raqam 748,4 ming nafarni tashkil qilmoqda. Shunday qilib, 1-yanvar holatiga ko‘ra, mamlakatda aholi soni 36 799 756 kishini, 30-dekabrda esa 37 548 205 kishini tashkil qilgan. Bundan ham avvalroq agentlik O‘zbekiston aholisi oyiga o‘rtacha 61,7 ming kishiga, har kuni esa 2 ming kishiga ko‘payayotgani haqida xabar bergan edi.

Теги :
Jamiyat