$
 12047.45
26.55
 14099.13
110.41
 151.90
-3.59
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekiston aholisi yillar davomida qanday o‘zgarmoqda?

positive

Eng yaxshi o‘sish surati esa 2023-yilga to‘g‘ri kelmoqda.

2024-2023-yilda aholi sonida o‘zgarishlar

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning 1-iyul holatiga O‘zbekistonda doimiy yashovchi aholi soni 37 134,2 ming kishini tashkil etgan. 2023-yilda bu ko‘rsatkich 36 599 764 kishi edi. 

Bunda ayollar soni 18 437,5 ming, erkaklar esa 18 696,7 ming kishini tashkil etgan.

14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar soni yanvar holatida 9,6 mln. nafarni tashkil etgan edi. O‘tgan yilda esa ayollar 18 176 873, erkaklar 18 422 891 kishini tashkil etgan edi.

Yil boshidan buyon mamlakat aholisi soni 334,5 ming kishiga ko‘payib, doimiy aholi soni har kuni o‘rtacha 1,8 ming kishiga oshishi kuzatildi. Lekin bu 2023-yilda kuniga 2,1 mingni tashkil etgan edi.

Har bir oyda o‘sish surati 2024-yilda 55,7 ming kishini tashkil etgan bo‘lsa, bu holat o‘tgan yilda 63,9 ming nafar bo‘lgan. Bu degani oyiga ko‘payish biroz pastlagan.

2022-2021-yilda aholi sonida o‘zgarishlar

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning 1-oktyabr holatiga respublikaning doimiy aholisi soni 35,8 mln. kishini tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich 2021-yilda 35,1 mln. kishi bo‘lgan.

2022-yilda aholi oyiga 61,1 ming kishiga ko‘paygan bo‘lsa, 2021-yilda bu 57 811 kishini tashkil etgan.

Kunlik aholi sonining o‘zgarishi esa 2022-yilda 2 ming, 2021-yilda 1,9 ming kishini tashkil etgan.

Ma’lumot o‘rnida, 2022-yilda O‘zbekiston Respublikasi doimiy aholi soni bo‘yicha MDHda uchinchi o‘rinda turgan.

2021-yil holatida aholining etnik tarkibida o‘zbek, tojik va qozoq va undan so‘ng qoraqalpoqlar yetakchilik qilishgan.

Xulosa

Yaqin 4 yilda aholi o‘sishi va rivojlanishi bo‘yicha statistikalarga qaraganda, 2024-yilda o‘sish surati eng yomon darajani qayd etgan. 

Eng yuqori ko‘payish davri esa 2023-yil hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. Ma’lumotlar va raqamlar statistika agentligiga asoslangan.

Теги :
Jamiyat