$
 12705.79
59.23
 14704.41
243.07
 159.20
-1.68
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

Dunyo aholisi 2084-yilga borib 10,4 milliardga yetadi

aholi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti hisobotiga ko‘ra, Xitoy, Germaniya va Rossiya kabi mamlakatlar aholisi bu yil eng yuqori darajaga yetadi va butun dunyo aholisi 2080-yillardan keyin kamayishni boshlaydi.

“Dunyo aholisi yana 50-60 yil davomida o‘sishda davom etishi kutilmoqda va 2080 yillar o‘rtalarida 2024 yildagi 8,2 milliarddan 10,3 milliardga yetadi. Eng yuqori cho‘qqiga chiqqandan so‘ng u pasayib, asr oxiriga borib sekin-asta 10,2 milliard kishiga tushishi kutilmoqda”, - deyiladi tashkilot hisobotida.

Keyingi 30 yil ichida eng katta qisqarish

Hozirda dunyo aholisining qariyb 28 foizi istiqomat qiluvchi 63 ta mamlakat o‘sish cho‘qqisini bosib o‘tishi kutilmoqda. Bularga Rossiya, Xitoy, Germaniya va Yaponiya kiradi. Shunday qilib, bu mamlakatlarda aholi, ehtimol, kelajakda qisqarishi ham mumkin. Aholi sonining eng katta qisqarishi – keyingi 30 yil ichida 14 foizga – Albaniya, Bosniya va Gersegovina, Litva, Puerto-Riko va Moldova kabi mamlakatlarda sodir bo‘lishi mumkin.

Braziliya, Eron, Turkiya va Vyetnamda aholisi soni rekord darajada o‘sadi

Hozirda dunyo aholisining 10 foizi istiqomat qiluvchi 48 ta davlatda yaqin yillarda odamlar soni o‘sib boradi va 2025-2054 yillar oralig‘ida eng yuqori cho‘qqiga yetadi. Bu guruhga Braziliya, Eron, Turkiya va Vyetnam kabi davlatlar kiradi. 126 ta davlatda aholi soni 2054-yildan keyin ham o‘sishda davom etadi va 2100-yil yoki undan keyin eng yuqori cho‘qqiga chiqmaydi. Bu davlatlar qatoriga Hindiston, Indoneziya, Pokiston va AQSH kiradi.

Immigratsiya hisobiga aholi ko‘payishi

BMT ekspertlari immigratsiya 2054-yilgacha 52 ta davlatda va 2100-yilgacha 62 ta davlatda aholi sonining o‘sishi omillaridan biri bo‘lishini alohida ta’kidlamoqda. Mutaxassislar aholi soni ko‘payadigan mamlakatlar qatorida, jumladan, boshqa mamlakatlardan kelayotgan oqim tufayli Avstraliya, Kanada va AQSHni nomlashadi.

2022-yilgi bashorat

Financial Times (FT) prognozlariga ko‘ra, 2084-yilda dunyo aholisi eng yuqori cho‘qqisiga 10,3 milliardga yetadi, keyin esa asr oxiriga kelib 10,2 milliardga kamayadi. Ta’kidlanishicha, 2022-yilgi hisobotida BMT 2080-yillarga borib dunyo aholisining eng yuqori cho‘qqisi 10,4 milliard kishiga yetishini va 2100-yilgacha bu darajada qolishini bashorat qilgan. Endi 2100-yilga borib dunyoda 200 million kishi kamayishi kutilmoqda.

“Demografik landshaft sezilarli darajada o‘zgardi. Ayrim mamlakatlarda tug‘ilish darajasi ilgari taxmin qilinganidan ham pastroq va biz tug‘ilish darajasi yuqori bo‘lgan ayrim hududlarda ham biroz tezroq pasayish kuzatilmoqda”,- dedi BMT Bosh kotibining iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Li Junxua FT ga bergan bayonotida.

Aholi barqarorligi pasaygan

Hisobotda, bugungi kunda dunyo bo‘ylab ayollar 1990-yildagiga nisbatan o‘rtacha bir marta kam farzand ko‘rishi aniqlangan. Barcha mamlakatlarning yarmidan ko‘prog'ida bir ayolga o‘rtacha tirik tug'ilganlar soni allaqachon 2,1 dan past, bu aholi barqaror deb hisoblanadigan darajadan past. Hisobotda qamrab olingan barcha yurisdiksiyalarning deyarli beshdan birida, jumladan, Xitoy, Italiya, Janubiy Koreya va Ispaniyada har bir ayolga 1,4 dan kam tirik tug'ilish to‘g'ri keladi, bu BMT tomonidan "o‘ta past" deb nomlanadi.

Xitoy aholisi 639 million kishiga kamayishi mumkin

BMTning The Wall Street Journal hisobotiga ko‘ra, Xitoy aholisi 2100-yilga kelib, ikki baravar ya’ni, 1,4 milliarddan 639 million kishiga kamayishi mumkin.

“Tadqiqotchilar buni "demografik dividend" deb atashadi - mamlakatda mehnatga layoqatli yoshdagilar ishsiz chaqaloqlar va qariyalarga qaraganda ancha ko‘p. Bunday mamlakatlar boyib borar ekan, odamlar tabiiy ravishda kamroq farzand ko‘rishga qaror qiladi, aholi esa qarishni boshlaydi”, - deyiladi hisobotda.

Yevropadagi eng katta pasayish

Yevropa aholisi 2100-yilga kelib, 2020-yildagi eng yuqori cho‘qqiga nisbatan 21 foizga qisqaradi, bu har qanday qit'adagi eng katta pasayish bo‘ladi. Shuningdek, hisobotdan ma'lum bo‘lishicha, 2079-yilga borib dunyoda 65 yosh va undan katta yoshdagilar soni 18 yoshgacha bo‘lganlarga qaraganda ko‘proq bo‘ladi.

Теги :
Jamiyat