$
 12208.08
32.74
 14116.20
52.46
 155.00
0.71
weather
+26
Кечаси   +14°

Yoshlar ishlar agentligi targ‘ibot loyihasi uchun telekanalga qariyb 2 milliard sarflamoqda

Yoshlar ishlar agentligi

Yoshlar ishlari agentligi tashkiloti yoshlar uchun turkum koʻrsatuvlar tayyorlash uchun Uzreport TV kanaliga salkam 2 mlrd. mablagʻ ajratib beribdi. Bu haqda Ogoh.uz nashri ma’lum qildi.

Summa o‘z ichiga nimalarni oladi?

Yoshlar ishlari agentligi 9 ta 15 daqiqalik jonli efir, 2 ta 55 daqiqalik jonli efir va 33 informatsion lavhalar va ularni 5 marotaba takrorlash uchun Uzreport TV ga 1 976 420 000 soʻm mablagʻ ajratgan.

Agentlik bir daqiqa efiri uchun oʻrta hisobda 6 mln. 355 ming soʻm sarflamoqda.

Agentligining aksar roliklari qonunchilikka koʻra bepul joylashtiriladi

Shuningdek, Yoshlar ishlari agentligining ijtimoiy tarmoqlarda va Youtube platformasida ham oʻz sahifalari mavjud. 

Agentlikning aksar roliklari odatda ijtimoiy lavhalar boʻlib, ular qonunchilikka koʻra, bepul joylashtiriladi (joylashtirilishi kerak edi).

Yoshlar ishlari agentligi davlat tashkiloti boʻlib, u faqat davlat byudjetidan moliyalashtiriladi. 

Теги :
Jamiyat