$
 12834.61
44.18
 14662.26
175.82
 162.65
0.05
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

Yoshlar ishlari agentligi yuridik shaxs sifatida mavjud bo‘lmagan korxona bilan 301 million so‘mlik shartnoma tuzdi

Yoshlar ishlar agentligi

“Butunjahon yoshlar festivali” ishtirokchilariga hukumat tomonidan transport vositasi ajratilganiga qaramay, Yoshlar ishlari agentligining Toshkent shahar boshqarmasi yana 301 million 560 ming so‘mlik shartnoma imzolagan. Qolaversa, mazkur davlat xaridi bilan bog‘liq bir qancha bahsli jihatlar paydo bo‘lmoqda.

Bu qaysi shartnoma?

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-maydagi 345-F son farmoyishiga ko‘ra, hukumat tomonidan festival ishtirokchilari uchun transport vositalari ajratilgan edi. Shunga qaramay, qo‘shimcha transport xizmatlarini jalb qilish uchun 301 million 560 ming so‘mlik shartnoma tuzilgan.

Ushbu shartnoma 2024-yil 9-oktyabr kuni Toshkent shahar Yoshlar ishlari boshqarmasi va “CITY TEOUR” MCHJ o‘rtasida “Butunjahon yoshlar festivali ishtirokchilariga transport xizmatlarini ko‘rsatish” yuzasidan tuzilgan. Shartnomaga ko‘ra, xizmatlar 2024-yil 23-iyundan 1-iyulgacha bo‘lgan davrda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan.

Shubha ostidagi masalalar

Birinchi jihat: shartnomada ko‘rsatilgan xizmatlar boshlangan sana — 23 iyun. Biroq, “CITY TEOUR” MCHJ esa 2024-yil 24-iyun kuni davlat ro‘yxatiga olingan. Ya’ni, yuridik shaxs sifatida mavjud bo‘lmagan korxona xizmat ko‘rsatgan.

Ikkinchi jihat: shartnomaga asos sifatida ko‘rsatilgan Toshkent shahar Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘ining buyrug‘i 2024-yil 26-iyun kuni imzolangan. Ammo xizmatlar ushbu buyruq qabul qilinishidan avval boshlangani ko‘rsatilgan.

Bu birinchisi emas

Mazkur agentlik tuzgan shartnoma va tenderlar tez-tez muhokamalarga sabab bo‘ladi. Avvalroq Yoshlar ishlari agentligi o‘zi homiylik qilib kelgan “Ibrat farzandlari” loyihasi uchun tender o‘tkazib, loyihaning amaldagi ijrochisini g‘olib deb topib, u bilan 1,5 mlrd so‘mlik shartnoma tuzgan edi. Davlat tashkiloti xorijiy tillarni o‘rgatuvchi qisqa va sodda montaj qilingan videolarning har biri uchun bozor narxidan ancha qimmat — salkam 7 mln. so‘mdan to‘lagan.

Shuningdek, agentlik o‘tkazgan yana bir e’tiborga molik tender yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb qilish maqsadida taniqli tadbirkorlar ishtirokida motivatsion treninglar tashkil etish xizmatini ko‘rsatishga oid. Loyiha qiymati 1 mlrd. 702 mln. so‘mni tashkil qiladi. Ushbu lot bo‘yicha “Yoshlar kelajagimiz jamg‘armasi” g‘olib bo‘lgan. Motivatsion treninglarni tashkil etish xarajatlari – 725 mln. so‘m; treninglarda faol ishtirok etgan yoshlarni rag‘batlantirishga 600 mln. so‘m, trening reklamasi, mashhur blogerlarga reklama berish, targ‘ibot, anons videoroliklar tayyorlash, treninglarni to‘liq tasvirga olish uchun 185 mln. so‘m sarflangan.

Теги :
Jamiyat