$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Samuel Eto’O, Didye Drogba, Muhammad Saloh: 2000-yildan keyin o‘ynagan eng yaxshi afrikalik futbolchilar

Afrika

Goal sport portali 2000-yildan keyin o‘ynagan eng yaxshi afrikalik futbolchilar ro‘yxatini tuzdi. "Barselona" va Kamerun terma jamoasining sobiq hujumchisi birinchi o‘rinni egalladi.

Samuel Eto'o announces retirement from football | Football News | Sky Sports

Samuel Eto’O

1. Samuel Eto’O Fis 1981-yil 10-martda Kamerunning Duala shahrida tug‘ilgan. U o‘zining futbolchilik faoliyati davomida dunyoning eng kuchli hujumchilari qatorida e’tirof etilgan. Eto’O 16 yoshida "Real Madrid"ga qo‘shilgan, ammo asosiy tarkibda o‘ynash imkoniyati cheklangani sababli "Leganes", "Espanol" va "Malorka" klublariga ijaraga berilgan. U "Malorka"da 120 o‘yinda 48 ta gol urgan va klub tarixidagi eng yaxshi to‘purarlardan biriga aylangan. "Barselona"da 144 o‘yinda 108 ta gol urgan. Ushbu davrda jamoa bilan uch marta La Liga chempionligini va ikki marta Chempionlar Ligasi g‘olibligini qo‘lga kiritgan. "Inter"da esa 67 o‘yinda 33 ta gol urgan. Bu yerda ham Chempionlar Ligasi, Seriya A va Italiya Kubogi g‘olibligini qo‘lga kiritgan. Kamerun milliy jamoasi safida 1997-yildan 2014-yilgacha 118 o‘yinda 56 ta gol urgan. U ikki marta Afrika Millatlar Kubogi (2000, 2002) va 2000-yilda Sidney Olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritgan. To‘rt marta Afrikada yilning eng yaxshi futbolchisi (2003, 2004, 2005, 2010) deb topilgan. 2005-yilda FIFA tomonidan dunyoning uchinchi eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etilgan. 2019-yilda futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan so‘ng, 2021-yil dekabrida Kamerun futbol federatsiyasi prezidenti etib saylangan. Samyuel Eto’O o‘zining tezkorligi, gol urish qobiliyati bilan dunyo futbol muxlislari xotirasida qolgan.

"Челси" победитель Лиги чемпионов - 2012

Didye Drogba

2. Didye Iv Drogba Tebili 1978-yil 11-martda Kot-d’Ivuarning Abidjan shahrida tug‘ilgan. U dunyo futbolining eng mashhur hujumchilaridan biri bo‘lib, ayniqsa "Chelsi" klubidagi faoliyati bilan tanilgan. Didye Iv Drogba Tebili 1978-yil 11-martda Kot-d’Ivuarning Abidjan shahrida tug‘ilgan. U dunyo futbolining eng mashhur hujumchilaridan biri bo‘lib, ayniqsa "Chelsi" klubidagi faoliyati bilan tanilgan. Drogba professional faoliyatini "Le-Man" klubida boshlagan. Bu yerda u 64 o‘yinda 12 ta gol urgan. "Gengam"da 45 o‘yinda 20 ta gol urgan. Bu yerdagi muvaffaqiyati uning "Olimpik Marsel"ga o‘tishiga sabab bo‘lgan. "Marsel"da 35 o‘yinda 19 ta gol urgan va Fransiyaning eng yaxshi futbolchilaridan biri sifatida tanilgan. Drogba "Chelsi"da 226 o‘yinda 100 ta gol urgan. Ushbu davrda jamoa bilan 3 marta Premer-liga, 4 marta Angliya Kubogi va 2012-yilda Chempionlar Ligasi g‘olibligini qo‘lga kiritgan. Kot-d’Ivuar milliy jamoasi safida 2002-yildan 2014-yilgacha 105 o‘yinda 65 ta gol urgan. U ikki marta Afrika Millatlar Kubogi finaliga chiqqan (2006 va 2012-yillarda), ammo har ikkisida ham jamoa ikkinchi o‘rinni egallagan. Ikki marta Afrikada yilning eng yaxshi futbolchisi (2006 va 2009-yillarda) deb topilgan. 2012-yilda Chempionlar Ligasi finalida hal qiluvchi gol urgan va penaltilar seriyasida hal qiluvchi zarbani aniq amalga oshirgan. Drogba 2007-yilda BMTning Taraqqiyot dasturi bo‘yicha yaxshi niyat elchisi etib tayinlangan. Uning fondi Afrikada sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalarida yordam ko‘rsatadi. 2018-yilda futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan so‘ng, Drogba futbol va ijtimoiy loyihalarda faol ishtirok etmoqda. 2020-yilda UEFA prezidenti mukofoti bilan taqdirlangan.

Misrlik qirol”: Saloh 1 yilda 34 ta sovringa ega chiqdi. Bu hali hammasi  emas!

Muhammad Saloh

3. Muhammad Saloh G‘oliy 1992 yil 15 iyunda Misrning Basyun shahrida tug‘ilgan. U dunyo futbolining eng mashhur hujumchilaridan biri bo‘lib, ayniqsa "Liverpul" klubidagi faoliyati bilan tanilgan. Saloh futbolga bo‘lgan qiziqishi tufayli yoshligidanoq mahalliy jamoalarda o‘ynashni boshlagan. Uning tezkorligi va texnikasi uni tezda mahalliy skautlar e’tiboriga tushirgan. Saloh professional faoliyatini Misrning "Muqovlun" klubida boshlagan. Bu yerda u 38 o‘yinda 11 ta gol urgan. Shveysariyaning "Bazel" klubida 47 o‘yinda 9 ta gol urgan. Bu yerda u Yevropa klublarining e’tiborini qozongan. Angliyaning "Chelsi" klubida 13 o‘yinda 2 ta gol urgan. Bu yerda u asosiy tarkibda o‘ynash imkoniyati cheklangani sababli, "Fiorentina" va "Roma" klublariga ijaraga berilgan. Italiyaning "Fiorentina" klubida 16 o‘yinda 6 ta gol urgan. "Roma"da 65 o‘yinda 29 ta gol urgan va Italiyada o‘zini ko‘rsatgan. "Liverpul"da 176 o‘yinda 117 ta gol urgan. Ushbu davrda jamoa bilan Premer-liga, Chempionlar Ligasi, UEFA Superkubogi va Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati g‘olibligini qo‘lga kiritgan. Misr milliy jamoasi safida 2011 yildan hozirgacha 84 o‘yinda 47 ta gol urgan. U 2018 va 2022 yillardagi Jahon chempionatlarida ishtirok etgan. Ikki marta Premer-ligada mavsumning eng yaxshi to‘purari (2017–2018 va 2018–2019 yillarda) deb topilgan. 2017 va 2018 yillarda Afrikada yilning eng yaxshi futbolchisi deb tan olingan. 2020-yilda BBC tomonidan Afrikadagi so‘nggi 10 yilning eng yaxshi futbolchisi deb e’tirof etilgan. Saloh 2013 yilda Magi Sadiq bilan turmush qurgan va ularning ikki qizi bor. Uning ingliz tilidagi eng sevimli so‘zi "Love" (Sevgi) ekanligi ma’lum. Saloh Misrda bir necha xayriya loyihalarida ishtirok etgan va o‘z yurtidagi kam ta’minlangan oilalarga yordam ko‘rsatgan. Muhammad Saloh o‘zining tezkorligi, texnikasi va gol urish qobiliyati bilan dunyo futbol muxlislari xotirasida qolgan.

Africa Best XI: The Greatest All-Time Football Legends

Top—7

4.Yaya Ture (Kot-d′Ivuar).

5. Sadio Mane (Senegal).

6. Riyoz Mahrez (Jazoir).

7. Per-Emerik Obameyang (Gabon).

8. Maykl Essiyen (Gana). 

9. Emmanuel Adebayor (Togo).

10. Kolo Ture (Kot-d′Ivuar).

Shuningdek, Seydu Keyta 11, Ashraf Hakimi 13, Jey-Jey Okocha 15, Viktor Osimhen 17-pog‘onadan joy oldi.

Теги :
Jamiyat