$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Afg‘onistonga insonparvarlik yordami jo‘natildi

afg

Suv toshqinlaridan aziyat chekkan afg‘on xalqiga O‘zbekistondan navbatdagi katta yordam yuborildi.

Balxga katta karvon jo‘natildi

Afg‘onistonda kuzatilgan suv toshqinlaridan jabrlangan afg‘on xalqiga yordam berish uchun, O‘zbekiston Prezidentining qaroriga binoan Afg‘onistonga turli zarur vositalar va oziq-ovqatlardan iborat yordam karvoni yuborildi. Ushbu karvon Surxondaryoning “Ayritom” chegarasidan, Afg‘onistonning Balx viloyatiga o‘tkazildi.

Karvon tarkibi

Insonparvarlik karvoni tarkibi 48 tonna un, 22 tonna guruch, 100 ming dona konserva va 44 tonna makaron mahsulotlari, 25 ming litr o‘simlik yog‘i, 100 ming dona tez tayyorlanadigan lag‘mon, shuningdek, 10 kishilik 100 ta maxsus qurilmali chodir va 1 000 litrli 96 ta suv saqlash idishlaridan iborat edi.

Yuklar qabul qilib olindi

Ushbu yuklar, Hayraton shahridagi Astras hududida O‘zbekistonning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev va Surxondaryo viloyati hokimi birinchi o‘rinbosari Sherzod Rajabov tomonidan Balx viloyati rasmiylariga topshirildi.