$
 12947.20
26.76
 14222.50
-30.04
 153.38
-0.14
weather
+26
Кечаси   +14°

“Ikkinchi referendum bo‘lmaydi”: Qozog‘iston bir vaqtning o‘zida ikkita AES qurmoqchi

AES referendum

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev hukumatga atom elektr stansiyasi qurilishini tezlashtirish, shuningdek, ikkinchi AES uchun joy izlash bo‘yicha topshiriq berdi.

Bugun, 28-yanvar kuni Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev mamlakatning energetik mustaqilligini mustahkamlash va atom sanoatini rivojlantirish bo‘yicha rejasini e’lon qildi. Asosiy maqsad respublikani 15-20% zaxira bilan o‘z elektr energiyasi bilan ta’minlash, shuningdek, uzoq muddatli iqtisodiy o‘sish uchun “yadro klasteri" ni shakllantirishni boshlash. 

Hukumat yig‘ilishida ko‘tarilgan masala

Kengaytirilgan hukumat yig‘ilishida To‘qayev kelgusi ikki yil ichida kamida 3 Gvt yangi quvvatlarni joriy yetish zarurligini ta’kidlagan. О‘sib borayotganenergiyaya taqchilligi fonida respublika birinchi atom elektr stansiyasini jadal qurish va atom sektorini har tomonlama rivojlantirishga tayanadi. Ushbu sohada uzoq muddatli rejalarni ishlab chiqish Qozog‘iston hukumati tomonidan "Samruk-Kazyna"milliy jamg‘armasi bilan birgalikda amalga oshiriladi. Kelajakdagi atom elektr stansiyalari uchun yeng mos saytlarni tanlash va zamonaviy xavfsiz texnologiyalarni rivojlantirish asosiy vazifalar qatoriga kiradi.

“Ikkinchi referendum bo‘lmaydi” 

To‘qayev mamlakat birinchisiga qo‘shimcha ravishda ikkinchi atom elektr stansiyasiga muhtojligini ta’kidlaydi. Parlament va hukumat uning qurilishi joyi bo‘yicha aniq takliflarni taqdim yetish topshirig‘i qo‘yilgan. Qozog‘iston Energetika vazirligi rahbari Satkaliyev OAVga bergan intervyusida quyidagilarni ma’lum qildi. “Qozog‘iston bir vaqtning o‘zida ikkita atom elektr stansiyasini quradi. Qurilish bo‘yicha ikkinchi referendum bo‘lmaydi. Hammasi allaqachon aniq".

Markaziy Osiyodagi ilk AES uchun referendum

2024-yilning 6-oktyabr kuni Qozog‘istonda mamlakatdagi va butun Markaziy Osiyodagi birinchi atom elektr stansiyasi qurilishi bo‘yicha referendum o‘tkazilgan edi. Qozog‘iston Davlat siyosati institutining ikkinchi ekzit-poll natijalariga ko‘ra, so‘rovda qatnashgan qozog‘istonliklarning 72,3 foizi AES uchun, 27,7 foizi esa AESga qarshi ovoz bergan. Markaziy saylov komissiyasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, Qozog‘istonda referendumda 63,87 foiz ovoz beruvchilar ishtirok etgan.

AES propagandasi

Qozog‘istonda Referendumdan oldin mamlakat hukumati ochiqchasiga AES qurilishini qo‘llab-quvvatladi. Referendumga uch kun qolganida, 3-oktyabr kuni mamlakat prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev AES qurilishini ochiqchasiga qo‘llab-quvvatlab, aks holda Qozog‘iston dunyodagi taraqqiyotdan chetda qolishi mumkinligini ma’lum qildi. “Atom elektr stansiyasi qurilishi — uzoq muddatli loyiha bo‘lib, u mamlakatimizning o‘nlab yillar davomida barqaror rivojlanishini ta’minlaydi, turli profildagi muhandislar va mutaxassislarning butun sinfini tayyorlash uchun sharoit yaratadi. Va bu afzalliklarni bugungi yoshlarimiz hamda qozog‘istonliklarning kelgusi avlodlari to‘liq his etadi”, — deya qayd etgan To‘qayev respublika deputatlar forumidagi chiqishida. Shuningdek, OAV va ijtimoiy tarmoqlarda ham “atom targ‘iboti” olib borildi. 

Jamoatchilik xavotiri 

Yaxshi bilasiz, Qozog‘iston dunyoning eng yirik uran qazib oluvchisi, ammo u ham elektr quvvati taqchilligidan aziyat chekishni boshladi. Hukumatning tashviqotiga ko‘ra, atom elektr stansiyasi bu vaziyatni o‘zgartirishi mumkin. Ammo nima evaziga, degan savol ham mavjud. Ayni paytda ko‘plab ekologlar, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari va fuqarolik faollari AES qurilishiga qarshi. Ular kelgusida stansiyani foydalanishdan chiqarish uchun katta miqdorda mablag‘ talab qilinishini ta’kidlamoqda. Bundan tashqari, ular AES qurish g‘oyasi Qozog‘iston rasmiylari tomonidan faqat Rossiya manfaatlarini ko‘zlab ilgari surilayotganidan xavotirda. Lekin eng muhimi, atom energetikasi muxoliflarini beqaror Balxash ko‘li bo‘yida AES qurish rejalari tashvishga solmoqda. Qayd etilishicha, avariya yuz bergan taqdirda mamlakat aholisi zich joylashgan hududning salmoqli qismi radioaktiv ifloslanishga duchor bo‘ladi.

Теги :
Jamiyat