Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 96 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +11° kechasi +8°

Urganch xalqaro aeroporti yopildi

Uchish-qo‘nish yo'lagida kapital ta'mirlash ishlari olib boriladi.

1 daqiqa o‘qiladi

Urganch xalqaro aeroporti yopildi

Ta’mirlash ishlari 20-iyul Toshkent vaqti bilan soat 00:01 dan 7-avgust 23:59 gacha davom etadi.

Xavfsizlikni ta’minlash uchun kapital qurilish va ta’mirlash ishlari olib boriladi

Uchish-qo‘nish yo‘lagining uzoq muddatdan beri ishlashi hamda havo kemalarining qo‘nishi va uchishi xavfsizligini ta’minlash maqsadida kapital qurilish va ta’mirlash ishlari olib boriladi. Xususan, uzunligi 3000 m va eni 16 m bo‘lgan uchish-qo‘nish yo‘lagi yuzasini butunlay almashtirish va mustahkamlash rejalashtirilgan. Shuningdek, ikkinchi va uchinchi yurish yo‘laklari kapital ta’mirlanadi.

Ta’mirlash 20-iyuldan 7-avgustga qadar davom etadi

Qayd etilishicha, ta’mirlash ishlari 2024-yil 20-iyul Toshkent vaqti bilan soat 00:01 dan 2024-yil 7-avgust 23:59 gacha davom etadi.

“Rekonstruksiya davrida barcha rejalashtirilgan reyslar Nukus xalqaro aeroportiga yo‘naltiriladi, yo‘lovchilar Nukus va Urganch aeroportlari o‘rtasida transferlar bilan ta’minlanadi. Parvozlar haqida qo‘shimcha ma'lumot olish uchun aviakompaniyalarga murojaat qilish tavsiya etiladi”, - deyiladi xabarda.

Boeing 787 va Airbus A330 samolyotlarining cheklovsiz qabuli

Urganch aeroportining uchish-qo‘nish yo‘lagi kapital ta’mirdan so‘ng Boeing 787 va Airbus A330 kabi keng fyuzelyajli samolyotlarni cheklovlarsiz qabul qila oladi.

So‘nggi ta’mirlash ishlari

Urganch shahridagi uchish-qo‘nish yo‘lagini kapital rekonstruksiya qilish oxirgi marta 1997-yilda, shikastlangan qismlarini qisman ta’mirlash esa 2018-yilda amalga oshirilgan edi.