Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 90 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +9° kechasi +8°

Tuman O‘zbekistondagi uchta aeroport faoliyatini cheklab qo‘ydi

Nukus, Urganch va Farg‘ona aeroportlarini erta tongdan quyuq tuman qopladi. Aeroportlarda noqulay ob-havo sharoiti tufayli havo kemalarini qabul qilish va uchirilishiga vaqtinchalik cheklovlar joriy etildi.

2 daqiqa o‘qiladi

Tuman O‘zbekistondagi uchta aeroport faoliyatini cheklab qo‘ydi

Nukus, Urganch va Farg‘ona aeroportlarini erta tongdan quyuq tuman qopladi. Aeroportlarda noqulay ob-havo sharoiti tufayli havo kemalarini qabul qilish va uchirilishiga vaqtinchalik cheklovlar joriy etildi.

Urganch aeroportidagi vaziyat

Xususan, “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining Sankt-Peterburg – Urganch yo‘nalishi bo‘yicha HY-9638 reysi samolyoti soat 06:04 da Buxorodagi muqobil aerodromga qo‘ndi. Toshkent – ​​Urganch/Urganch – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha HY-51/52 reyslari ham kechiktirildi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot Toshkentdan Urganchga soat 12:00 ga, qaytish reysi esa soat 14:15 ga ko'chirildi.

Soat 11:20 da Urganch aeroportida samolyotlarni qabul qilish va uchishiga qo‘yilgan cheklovlar tugatildi. Aeroport odatdagi rejimda ishlamoqda.

“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining Toshkent-Urganch yo‘nalishi bo‘yicha HY-51 reysi mahalliy vaqt bilan soat 13:00 ga ko‘chirildi.

Nukusdagi reyslar qoldirilishi

Shuningdek, “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining Toshkent - Nukus yo‘nalishi bo‘yicha HY-11 reysi ham Nukusdagi tuman sabab mahalliy vaqt bilan soat 12:30 ga qoldirildi.

Farg‘onada cheklovlar yengillagan

Bundan tashqari, noqulay ob-havo sharoiti tufayli Farg‘ona aeroportida samolyotlarni qabul qilishga cheklovlar joriy etildi. “Silk Avia” aviakompaniyasining Toshkent - Farg‘ona yo‘nalishidagi US-401 reysi mahalliy vaqt bilan soat 11:40 ga ko‘chirildi. Farg‘ona aeroporti samolyotlarni uchirishga odatdagi rejimda ishlamoqda.

UPD: Farg‘ona xalqaro aeroportida samolyotlarni qabul qilishga joriy etilgan cheklovlar olindi. Aeroport odatiy rejimda ishlamoqda.