$
 11975.36
-98.06
 14020.75
-113.6
 162.91
-1.56
weather
+26
Кечаси   +14°

Reklama bozorida nima gaplar?

Uzum Market qo

Marketing tarixida reklamaning eng asosiy vazifasi doim odamlar e’tiborini qozonish va xaridga undash bo‘lgan. Lekin bugun bu model eskirdi.

Brendlar endi shunchaki mahsulot sotmayapti. Ular media platforma, texnoservis, mem, trend va internet madaniyatining faol ishtirokchisiga aylanyapti. Reklama esa kontent bilan qorishib, kundalik media oqimining bir qismiga aylanmoqda.

Endi reklama nafaqat odamlarni, balki algoritmlarni ham “ishontirishi” kerak. Chunki auditoriya Google’dan ko‘ra ChatGPT’dan maslahat so‘ray boshladi, blogerlar esa ayrim telekanallardan ham kuchliroq ta’sir o‘tkazyapti.

Quyida haftaning reklama va marketing bozoridagi eng muhim va eng qiziq yangiliklari obzori.

Marketpleysda qoy savdosi

Qurbon hayiti arafasida Uzum Market’da qurbonlik hayvonlari savdosi paydo bo‘ldi. Oradan ko‘p o‘tmay, OLX ham “Qurbonlik uchun” nomli maxsus bo‘lim ochdi. Shu paytgacha asosan standart modelda ishlab kelayotgan marketplace’lar endi odamlarning real hayoti, odatlari va madaniy ehtiyojlariga moslashishni boshlayapti. Hatto ayrim yirik xorijiy sahifalar ham buni “internet madaniyati va milliy an’analar kesishgan nuqta” sifatida ulashishni boshladi.

Hayit bu shunchaki bayram emas. Bu diniy marosim, oilaviy qadriyat va emotsional xaridlarga yetaklovchi voqelik. Marketing nuqtayi nazaridan qaralsa, Uzum Market’ning bu yurishini juda kuchli va genial lokalizatsiya namunasi deb baholash mumkin.

O‘zbekistonda TV’da reklama berish narxlari ma’lum bo‘ldi

30 soniyalik prime-time reklama ayrim telekanallarda 11 million so‘mdan oshgan:

— Sevimli TV: 11,8 mln

— Milliy TV: 11,6 mln

— Zo‘r TV: 11,6 mln

— MY5: 11,1 mln

O‘zi katta byudjetni hanuz televideniyega tikish kerakmi? Yoki o‘sha mablag‘ni Telegram, Instagram va YouTube’dagi aktiv auditoriyaga ega creatorlarga yo‘naltirish maqulroqmi? Bozorga qarasak, hozir ko‘pchilik nima sotib olish haqidagi qarorlarni bloger va inflyuenserlar tavsiyasi orqali qabul qilyapti.

O‘zbekiston reklama bozorida yangi fenomen

TV, albatta, katta qamrov beradi. Lekin reklama bozori ichida e’tibor asta-sekin inflyuenser marketing tomon siljiyapti. Aslida O‘zbekistonda inflyuenser marketing bozori anchadan beri shakllanib ulgurgan. Ammo bu bozorda marketologlar, SMM mutaxassislari va PR menejerlar uchun operatsion tartibsizlik eng katta muammolardan biri bo‘lib qolayotgan edi. Telegram kanal qidirish, o‘nlab admin bilan yozishish, narx kelishish, postlarni nazorat qilish, skrinshot yig‘ish va Excel’da hisobot tayyorlash inflyuenser marketing’ni ko‘pincha strategiyadan ko‘ra “qo‘lbola boshqaruv”ga aylantirib qo‘yardi.

Endi esa bozorda shu muammoni tizimlashtirish maqsadida yangi o‘yinchi paydo bo‘ldi — Blogix. Buni marketing mutaxassislari uchun ancha kutilgan yechim desa bo‘ladi.

Blogix Telegram, Instagram va YouTube’dagi inflyuenserlarni bitta tizimga yig‘adi, auditoriyaga mos sahifalarni tavsiya qiladi, statistikani avtomatik ҳисоблайди va Didox orqali rasmiy hujjat almashinuvini ham yo‘lga qo‘yadi. Natijada marketolog, SMM yoki PR mutaxassisi o‘nlab admin bilan yozishib vaqt yo‘qotmasdan, asosiy e’tiborni kreativ, strategiya va sotuvni oshirishga qaratishi mumkin. Eng qizig‘i, platformada reklama boshlash uchun ulkan byudjet shart emas, hatto 100 ming so‘m bilan kampaniya tuzsa bo‘ladi.

Reklama ChatGPT ichiga ko‘chmoqda

Bir necha yil oldin sun’iy intellekt reklama bozori uchun xavf sifatida ko‘rilayotgandi. Endi esa SI platformalarning o‘zi yangi reklama maydoniga aylanmoqda. Criteo kompaniyasi ChatGPT ichida reklama joylashtirayotgan brendlar soni mingdan oshganini ma’lum qildi. Ayrim kategoriyalarda CTR va konversiya ko‘rsatkichlari hatto klassik search-trafikdan yuqori chiqayotgani aytilmoqda. Endilikda odamlar Googleda “2026-yilning eng yaxshi kompyuteri” deb qidirish o‘rniga, ChatGPdan “men uchun eng yaxshi noutbuk qaysi?” deb so‘ray boshladi. AI ichidagi reklama oddiy banner reklama emas. Agar klassik qidiruvda odamlar o‘nlab linklar orasidan tanlasa, SI-assistent esa foydalanuvchi nomidan tanlov qiladi. Bu esa marketingdagi eng muhim savolni yuzaga chiqarmoqda: kelajakda brendlar odamlar uchun reklama qiladimi yoki algoritmlar uchun? Shu bilan birga, Googlening yangi sun’iy intellekt vositalari reklama tayyorlashni tezlashtiryapti. Endi reklama beruvchi g‘oyadan tayyor videogacha bo‘lgan jarayonni bitta tizim ichida bajarishi mumkin.Bu marketingning yangi bosqichini ko‘rsatadi: platformalar endi faqat auditoriyani emas, reklama yaratish, joylashtirish, tahlil va savdo jarayonini ham birlashtirmoqda.

First Ad inside ChatGPT? 200 USD Pro User confirms 😳 : r/ChatGPT

Netflix reklama biznesini SIga topshirmoqda

Netflix yana reklama bozori markaziga chiqdi. Kompaniya upfront taqdimotida reklamani sotib olish va optimizatsiya qilish uchun AI-agentlar ishlab chiqayotganini ma’lum qildi. Yangi tizim reklama beruvchilarga media-plan yaratish, kreativlarni moslashtirish va hatto reklamalarni avtomatik xarid qilish imkonini beradi. Boshqacha aytganda, Netflix reklamani “manual marketing”dan algoritmik boshqaruvga o‘tkazyapti. Bu yerda eng muhim jihat — Netflix endi o‘zini shunchaki streaming platforma sifatida emas, to‘liq reklama ekotizimi sifatida ko‘rilmoqda. Bir necha yil oldin kompaniya reklamasiz modelni himoya qilardi Bugun esa Netflix SI asosidagi reklama vositalari, vertikal video reklamalar, pause ads, podkast reklamalari, programmatic advertising, DSP integratsiyalari va live sports monetizatsiyasini faol kengaytirmoqda. Kompaniyaning reklama biznesi 2026-yilda 3 milliard dollarga yetishi prognoz qilinmoqda.

YouTubeda shou-marketing davri boshlanmoqda

Netflix sun’iy intellekt va reklama tizimini kuchaytirayotgan bir paytda, YouTube kontent yaratuvchilarni yangi bosqichga olib chiqmoqda. Platforma endi creatorlarni oddiy bloger emas, balki shou va serial ishlab chiqaruvchilar sifatida ko‘rmoqda. YouTube Trevor Noah, Alex Cooper va Kareem Rahma bilan mavsumiy ko‘rsatuvlar ustida ishlamoqda. Bu esa platforma internet kontentini an’anaviy televideniye formati bilan birlashtirayotganini ko‘rsatadi. Kontent yaratuvchilar endi shunchaki reklama yuzi emas. Ular media-brend, studiya va savdo richagiga aylanmoqda.

Instagrambop marketing: Dior va IKEA trendlarni qanday boshqaradi?

Reklama kampaniyasi endi Instagram va TikTok uchun vizual obyekt yaratishga aylanmoqda. Masalan, Dior Xitoyning Nankin shahrida ulkan tort shaklidagi pop-up ochdi. Dior butun boshli bino hajmidagi desert installyatsiyasi yaratdi. Bu esa tezda ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Bu oddiy tashqi reklama emas — odamlar suratga tushadigan va ulashadigan obyekt. IKEA kampaniyasi ham o‘z mahsulotlarini noodatiy reklama qilmoqda. Brend mashhur snacklarni o‘z konteynerlariga joylashtirib, “ideal tashkil qilingan oshxona” estetikasini ko‘rsatdi. Oddiy konteyner reklamasi birdaniga Pinterest va TikTok estetikasi bilan bog‘ladi.

Dior cakes, Chanel beaches: China's luxury pop-up boom | Jing Daily


McDonald’s esa bundan ham qiziq yo‘l tutdi. Kompaniya moda dizayneri bilan hamkorlik qilib, ichimliklar uchun munchoqli sumkalar to‘plamini chiqardi.

McDonald's USA Enters a New Era of Drinks with First-Ever Lineup of  Refreshers and Crafted Sodas

Funksional jihatdan bu katta innovatsiya emas. Lekin internetda bu tezda ko‘pchilik tomonidan ulashildi. Bu misollar shuni ko‘rsatadiki, zamonaviy marketing tobora ko‘proq moda, san’at va internet madaniyati bilan qorishib bormoqda.