$
 12805.09
-10.04
 13889.68
-8.33
 133.10
-0.1
weather
+26
Кечаси   +14°

Giyohvandlik vositalarini internet orqali sotganlarga qattiqroq jazo qo‘llanishi mumkin

addict

Oliy Majlis Senati tomonidan giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarning, shuningdek kuchli taʼsir etuvchi va zaharli moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashishga qaratilgan qonun loyihasi maʼqullandi.

Bir nechta kodekslarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi

Bugun, 21-iyun kuni Senat ma’qullagan qonun loyihasi bilan Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga giyohvandlik vositalarining, ular analoglarining yoki psixotrop moddalarning, shuningdek kuchli ta’sir qiluvchi va zaharli moddalarning qonunga xilof muomalasiga qarshi kurashishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Voyaga yetmaganlar orasida givohvandlik vositalari muomalasi

Senatorlar bugungi kunda giyohvandlik vositalari, ularning analoglari va psixotrop moddalarning voyaga yetmaganlar ishtirokida hamda telekommunikatsiya tarmoqlari va Internet umumjahon axborot tarmog‘idan foydalanish orqali qonunga xilof ravishda muomalada bo‘lish holatlari ortib borayotgani munosabati bilan ushbu huquqbuzarliklar uchun jazo choralarini qayta ko‘rib chiqish zarurligi ta’kidlashdi.

Ma’muriy va jinoiy javobgarlik

Ushbu hujjat bilan giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini yoki psixotrop moddalarni telekommunikatsiya tarmoqlaridan va Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanish orqali qonunga xilof ravishda muomalaga kiritganlik, ushbu jinoyatlarni voyaga yetmaganlarni jalb qilgan holda sodir etganlik uchun javobgarlik choralari kuchaytirilmoqda. Shuningdek giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini yoki psixotrop moddalarni, kuchli ta’sir qiluvchi va zaharli moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda olganlik, saqlaganlik, tashiganlik yoki jo‘natganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilanmoqda.

Yangi qonunning vazifasi

Senatorlar ta’kidlashicha, mazkur Qonun giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini yoki psixotrop moddalarni, shuningdek kuchli ta’sir qiluvchi va zaharli moddalarni targ‘ib yoki reklama qilishning hamda ularning qonunga xilof muomalasining oldini olishga xizmat qiladi.

Теги :
Жамият