Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 86 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☁ +20° kechasi +9°

Oltin markazi qorovullari kaltaklandi

Gumon qilinuvchilar protsessual tartibda ushlangan, tergov harakatlari davom etmoqda.

2 daqiqa o‘qiladi

Oltin markazi qorovullari kaltaklandi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida joylashgan Oltin markazining qorovuli o‘lasi qilib kaltaklangani haqida xabarlar tarqaldi. Toshkent shahri ichki ishlar bosh boshqarmasi ushbu mushtlashuvni sodir etgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganligini ma’lum qildi.

Avtoturargohda joy bo‘lmagani uchun yuzaga kelgan mojaro

Bildirilishicha, joriy yilning 23-avgust kuni Chilonzor tumanidagi Oltin markazi oldida 1984 yilda tug‘ilgan A.Sh. Malibu rusumli avtomashinada avtoturargohga kirmoqchi bo‘lgan. Biroq avtoturargoh nazorati xodimlari joy yo‘qligini ma’lum qilgan va avtomashinada kelgan fuqarolar hamda nazorat bo‘limi xodimlari o‘rtasida og‘zaki tortishuv boshlangan.

Bezorilar to‘dasi Oltin markazida qorovullarini do‘pposladi

Shundan so‘ng A.Sh. o‘zining tanishlari 1986-yilda tug‘ilgan S.Sh., 1982-yilda tug‘ilgan R.N., 1979-yilda tug‘ilgan M.Sh., 1989-yilda tug‘ilgan S.M.larni chaqirgan va ular jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan avtoturargoh oldida janjal ko‘targan. Ular Oltin markazida qorovul bo‘lib ishlovchi 1986-yilda tug‘ilgan G‘.I. va 1981-yilda tug‘ilgan A.K.larni urgan vaqtida, markaz nazorat bo‘limi xodimi 1995-yilda tug‘ilgan J.I. ularning bezorilik harakatiga chek qo‘yish maqsadida ajratmoqchi bo‘lgan. Oqibatda ushbu shaxslar o‘z fuqarolik burchini bajarayotgan J.I.ni ham urib tan jarohati yetkazgan.

Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumon qilinuvchilar protsessual tartibda ushlangan, tergov harakatlari davom etmoqda.