$
 12142.10
-52.11
 14079.98
95.66
 150.53
0.56
weather
+26
Кечаси   +14°

Endi farzandingizga qilgan zo‘ravonligingiz uchun jinoiy javobgarlikka tortilasiz!

zo

Endi farzandingizga qilgan zo‘ravonligingiz uchun jinoiy javobgarlikka tortilasiz!

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksining oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik to‘g‘risidagi 126-1-moddasiga to‘ldirish kiritilmoqda.

Bolaga qilingan zo‘ravonlik uchun endi oila a’zosiga ham javobgarlik mavjud

So‘nggi paytlarda bolalarga oila a’zolari tomonidan o‘tkazilgan tazyiqlar, zo‘ravonlik va kuch ishlatish holatlari ko‘p uchramoqda. Bunday holatlarni omma e’tiboriga tushishiga esa ijtimoiy tarmoqlar vosita bo‘lyapti. Endilikda bu kabi vaziyatlarning oldini olish maqsadida ma’lum bir qonunga to‘ldirish kiritilmoqda va bunga ko‘ra oila a’zolari ham bolaga nisbatan qilgan zo‘ravonligi uchun javobgarlikka tortiladi.

Bunda O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksining oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik to‘g‘risidagi 126-1-moddasi bolaga nisbatan oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik qilganlik uchun javobgarlik belgilanish qismi bilan to‘ldirilmoqda.

Bungacha bolaga qilingan zo‘ravonlik uchun javobgarlik holati qanday edi?

Amaldagi normada er-xotin yoki oilada birga yashovchi boshqa shaxslarga nisbatan oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik qilganlik uchun jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan bo‘lsa-da, bu harakatlarni bolaga nisbatan sodir etganlik uchun javobgarlik nazarda tutilmagan edi.

Ma’muriy javobgarlik qismi

 Jinoyat-protsessual kodeksining 583-moddasi Oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik bilan bog‘liq ishlar yuzasidan yarashuv to‘g‘risidagi ariza sud muhokamasining istalgan bosqichida, ammo sud alohida xonaga (maslahatxonaga) kirishidan oldin berilishi mumkin"mazmunidagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilmoqda. 

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda ham bolaga nisbatan oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik qilganlik uchun javobgarlik belgilash nazarda tutilmoqda.

Теги :
Jamiyat