Ro‘yxatdan o‘tgan abituryentlar ichida yigitlar ko‘pmi yoki qizlar?
6 yillik natijalarga ko‘ra, joriy yilda abituryentlar soni eng kam miqdorni tashkil etgan.
2 daqiqa o‘qiladi

2024 – 2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ishtirok etish uchun 894 279 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi. Bu haqda Bilimni baholash agentligi ma'lumot berdi. (https://t.me/Baholash/115)
Hududlar kesimida
Abituriyentlarning test sinovi topshirish hududi bo‘yicha taqsimoti:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 45 655 nafar
Andijon viloyati – 67 688 nafar
Buxoro viloyati – 45 583 nafar
Farg‘ona viloyati –83 837 nafar
So‘x tumani–1 962 nafar
Jizzax viloyati –48 276 nafar
Namangan viloyati – 58 268 nafar
Navoiy viloyati – 48 437 nafar
Qashqadaryo viloyati – 89 188 nafar
Samarqand viloyati – 93 092 nafar
Sirdaryo viloyati – 30 074 nafar
Surxondaryo viloyati(Termiz shahri) – 39 498 nafar
Surxondaryo viloyati(Denov tumani) – 22 756 nafar
Toshkent shahri –161 369 nafar
Xorazm viloyati – 58 596 nafar.
Abituriyentlarning joriy va avvalgi yillar bitiruvchilar bo‘yicha taqsimoti:
joriy yil bitiruvchilari – 410 334 nafar
avvalgi yillar bitiruvchilari – 483 945 nafar
Yigitlar ko‘pmi yoki qizlar?
Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimotida erkaklar – 431 806 nafar, ayollar– 462 473 nafarni tashkil qilmoqda.
Eng kam miqdor
Agar oxirgi 6 yildagi abituriyentlar soniga qarasak, joriy yilda eng kam miqdorni tashkil etganini ko‘rish mumkin.
Yillar kesimida abturiyentlar soni (oxirgi 6 yil):
2019 yil — 1 mln 66 ming 925 nafar;
2020-yil — 1 mln 484 ming 85 nafar;
2021-yil — 948 ming 211 nafar;
2022-yil — 1 mln 214 ming 232 nafar;
2023-yil — 1 mln 18 ming 7 nafar;
2024-yil — 894 ming 279 nafar.



