$
 12857.35
22.74
 14672.81
10.55
 163.45
0.8
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

Joriy oʻquv yilida abituriyentlarni nima yangiliklar kutmoqda?

Abituriyent

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipov joriy o‘quv yilida bakalavriatga umumiy qabul kvotalari 200 mingdan ortiq bo‘lishini ma’lum qildi. Bu esa yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrov darajasini 43 foizdan oshishini ta’minlaydi, dedi u. Maqsadli qabul kvotalari esa hududlar, sohalar va tarmoqlarning oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqib Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.  

Roʻyxatdan oʻtish boshlandi

2024/2025-o‘quv yili uchun bakalavriatga qabul bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tishning birinchi bosqichi joriy yilning 5-iyun kunidan boshlandi va 25-iyungacha davom etadi. Buning uchun abituriyentlarga faqat test sinovlari o‘tkaziladigan yo‘nalishlarga test topshiradigan fanlar, ta’lim tili, test topshirish hududini tanlash, shuningdek, ijodiy imtihon o‘tkaziladigan yo‘nalishlarga esa bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ijodiy imtihon topshiriladigan oliygohni tanlash imkoniyati yaratildi.

Ro‘yxatdan o‘tishning birinchi bosqichi yakunlangandan so‘ng, 1-25-iyul kunlari ijodiy imtihonlar, 14-28-iyul kunlari test sinovlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Natijalarni qachon bilish mumkin?

Xususan, abituriyentlar ijodiy imtihonda to‘plagan balini o‘sha kunning o‘zida, testda to‘plagan balini ertasiga bilishi mumkin bo‘ladi. Ijodiy imtihon va test sinovlari to‘liq yakunlangandan so‘ng, 15 kun davomida ro‘yxatdan o‘tishning ikkinchi bosqichida abituriyentlar test ballaridan kelib chiqib, 5 tagacha oliygoh (yo‘nalish), ta’lim shaklini, tanlov ustuvorligini, ijodiy imtihon o‘tkazilgan yo‘nalishlar uchun esa qo‘shimcha ravishda tanlangan yo‘nalish bo‘yicha yana shuncha oliygohni tanlash huquqiga ega.

Minimal oʻtish ballari oʻzgardi

Joriy yilgi kirish imtihonlarida o‘tish ballari 56,7 ball bo‘lmaydi. Endilikda har yili "perexodnoy" ballar bir necha foizga oshiriladi.

Xususan, joriy yilgi, ya’ni 2024-2025- o‘quv yili uchun o‘tish ballari:

sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 75,6 ball;

boshqa yo‘nalishlar uchun – 66,5 ball etib belgilandi.

Kelasi yili, ya’ni 2025-2026- o‘quv yili uchun o‘tish ballari:

sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 94,5 ball;

boshqa yo‘nalishlar uchun – 75,6 ball etib belgilanadi.

Ta’lim dasturlarini ishlab chiqish boʻyicha qanday yangi ishlar qilindi?

Bu savolga kuni kecha boʻlib oʻtgan “Hukumat soati”da Kongratbay Sharipov javob berdi. U ayni paytda talab yuqori bo‘lgan sohalarga kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish maqsadida oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari klassifkatori 40 foizga, jumladan, 306 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari 183 ta maqbullashtirilgan holda tasdiqlanganini qayd etdi.

Pedagogika sohasida kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun 2-kursdan boshlab haftalik o‘quv mashg‘ulotlarini “4+2” tartibida, jumladan, darslarning 4 kuni oliy ta’lim muassasasida, 2 kuni maktabgacha, umumiy o‘rta va professional ta’lim muassasalarida amaliyot o‘tash shaklida olib borilishini ta’minlashga qaratilgan ishlar davom ettirilishini ma’lum qildi. Eslatib oʻtamiz, 2023-yil Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda oxirgi yetti yilda oliy ta’lim boʻyocha qamrov 9 foizdan 42 foizgacha oshganini ma’lum qilgandi.

Теги :
Jamiyat