$
 12165.24
-25.19
 14330.65
-32.11
 159.42
-2.67
weather
+26
Кечаси   +14°
Jamg

O‘zbekistonliklar nega pul jamg‘armay qo‘ymoqda?

O‘zbekiston moliya bozoridagi so‘nggi tendensiyalar aholining jamg‘arish qobiliyati pasayib, aksincha, kreditga bo‘lgan ehtiyoji ortib borayotganini fosh qildi. Markaziy bank tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasiga ko‘ra, mamlakatda “moliyaviy xavfsizlik yostiqchasi”ga ega bo‘lmagan fuqarolar soni sezilarli darajada ko‘paygan.
Батафсил →
migrant

Rossiyada migrantlarni chiqarib yuborish uchun sabablar ikki barobar oshiriladi

Rossiyada migrantlarning “qora” kunlari davom etmoqda: cheklovlar va talablar kundan-kunga koʻpayib boryapti. So‘nggi paytlarda xorijliklar ustidan nazoratni kuchaytirishga qaratilgan qonunlar ketma-ket qabul qilinayotgan bo‘lsa, navbatdagi qadam migrantlarni mamlakatdan chiqarib yuborishni yanada osonlashtirishi kutilmoqda. Endilikda Rossiya hukumati nafaqat tartibbuzarlarni, balki kichik ehtiyotsizlik qilganlarni ham deportatsiya qilish asoslarini kengaytirmoqda. Xususan, Davlat dumasida ko‘rib chiqilishi kutilayotgan yangi loyiha migrantlar uchun navbatdagi jiddiy sinov bo‘lishi aniq.
Батафсил →
Board of Peace

G‘azoning mavhum kelajagi: Tramp rejasi moliyaviy tanqislik va siyosiy boshi berk ko‘chada

AQSh ma’muriyati tomonidan ilgari surilgan G‘azo sektorini qayta tiklash va yangi boshqaruv tizimini joriy etish loyihasi jiddiy inqirozga yuz tutmoqda. Reuters agentligi e’lon qilgan ma’lumotlarga ko‘ra, milliardlab dollarlik va’dalar qog‘ozda qolib, hududni qayta qurish va xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan harakatlar amalda to‘xtab qolgan.
Батафсил →