$
 12126.10
-32.49
 14171.77
-67.15
 159.11
1.23
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi yerlaridan unumsiz foydalanganlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda

O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi yerlaridan samarasiz foydalanishga qarshi yangi chora-tadbirlar joriy etilmoqda. Endilikda dalalar chetidagi o‘zlashtirilmagan maydonlar uchun jarima qo‘llaniladi va yer solig‘i stavkasi oshiriladi.

Yangi tartib qachon kuchga kiradi?

Tegishli qonun (2026-yil 13-apreldagi O‘RQ–1128-son) rasmiy e’lon qilinganidan uch oy o‘tgach — 2026-yilning 14-iyulidan e’tiboran amal qila boshlaydi.

Jarimalar nima uchun qo‘llaniladi?

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra, ijarachilar, jumladan, ikkilamchi ijarachilar kanallar, sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlari bo‘yidagi yer maydonlariga belgilangan muddatlarda va muayyan hududlarda ekin ekishga majburdirlar.

Ushbu talablar bajarilmagan taqdirda, bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravaridan 3 baravarigacha (412 ming so‘mdan 1 mln 236 ming so‘mgacha) miqdorda jarima ko‘zda tutilgan.

Soliq stavkasi qanday o‘zgaradi?

O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi har yili 1-mayga qadar soliq organlariga foydalanilmayotgan yer uchastkalari haqidagi ma’lumotlarni taqdim etadi. Ushbu ma’lumotlar asosida bunday yerlar uchun yer solig‘i stavkasi uch baravarga oshiriladi.

Ta’kidlanishicha, mazkur yangi norma qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanish samaradorligini oshirish, mahsulot yetishtirish hajmini ko‘paytirish va mamlakatning eksport ko‘rsatkichlarini yaxshilashga xizmat qiladi.

Avval qanday edi?

Eslatib o‘tamiz, 2025-yilning fevral oyida O‘zbekistonda tomorqa yer egalari uchun ham shunga o‘xshash chora joriy etilgan edi — qarovsiz qoldirilgan yerlar uchun ularga nisbatan ham uch baravar miqdorida soliq hisoblanadi.

Теги :
Jamiyat