$
 12165.24
-25.19
 14330.65
-32.11
 159.42
-2.67
weather
+26
Кечаси   +14°
aviatsiya

Harbiy aviatsiya poygasi: Dunyodagi eng katta havo kuchlari kimga tegishli?

Bugungi kunda davlatlarning harbiy qudrati faqat askarlar yoki tanklar soni bilan emas, balki osmondagi kuch bilan ham baholanadi. Kimning harbiy samolyotlari ko‘p va kuchli bo‘lsa, o‘sha davlat urushda katta ustunlikka ega bo‘ladi. Shu sabab ko‘plab mamlakatlar harbiy aviatsiyani rivojlantirishga katta e’tibor qaratmoqda. 2026-yil holatiga ko‘ra GlobalFirepower tashkiloti dunyodagi eng katta harbiy havo kuchlariga ega davlatlar reytingini e’lon qildi. Reyting natijalari ayrim davlatlar o‘rtasida juda katta farq borligini ko‘rsatadi.
Батафсил →
kelishuv

21 soatlik uchrashuv, natija esa nol: Nega AQSh va Eron kelisha olmadi?

AQSh va Eron o‘rtasida Pokistonda bo‘lib o‘tgan 21 soatlik muzokaralar yakunda hech qanday kelishuvsiz tugadi. Tomonlar muhim masalalarni muhokama qilgan bo‘lsa-da, asosiy kelishuvga erisha olmadi va AQSh delegatsiyasi Islomoboddan chiqib ketdi. Bu natijasiz yakun ikki haftalik o‘t ochishni to‘xtatish kelishuviga ham xavf tug‘dirishi mumkin. Xo‘sh, tomonlar nimalarni muhokama qildi?
Батафсил →
Issiqxona

Toshkent issiqxonalardan tozalanmoqda: Ko‘chish manzili — Surxondaryo

Vazirlar Mahkamasining joriy yil 9-apreldagi “Surxondaryo viloyatida issiqxona xo‘jaliklarini yanada rivojlantirish bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori mamlakat agrosanoat majmuasida tub burilish yasadi. Mazkur hujjat bilan Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi issiqxona xo‘jaliklarini iqlimiy jihatdan qulay va iqtisodiy samarador Surxondaryo viloyatiga bosqichma-bosqich ko‘chirish strategiyasi tasdiqlandi.
Батафсил →
kredit

Kreditdan himoyalanish “trend”ga aylandi: 2,2 mln kishi o‘ziga kredit olishni taqiqladi

So‘nggi paytlarda o‘zgalar nomiga ularning ruhsatisiz kredit rasmiylashtirish holatlari oshib bormoqda. Ushbu holatlarning oldini olish maqsadida O‘zbekistonda “kreditga taqiq” xizmati joriy qilindi. Hozirda mazkur xizmat tezdq ommalashib, undan foydalanayotgan odamlar soni 2 milliondan oshdi. Xo‘sh, “kreditga taqiq” xizmatidan foylanayotganlarning necha foizini ayollar tashkil qilmoqda?
Батафсил →