$
 12158.59
-39.69
 14238.92
-2.57
 157.88
1.31
weather
+26
Кечаси   +14°

Rossiyada migrantlarni chiqarib yuborish uchun sabablar ikki barobar oshiriladi

migrant

Rossiyada migrantlarning “qora” kunlari davom etmoqda: cheklovlar va talablar kundan-kunga koʻpayib boryapti. So‘nggi paytlarda xorijliklar ustidan nazoratni kuchaytirishga qaratilgan qonunlar ketma-ket qabul qilinayotgan bo‘lsa, navbatdagi qadam migrantlarni mamlakatdan chiqarib yuborishni yanada osonlashtirishi kutilmoqda. Endilikda Rossiya hukumati nafaqat tartibbuzarlarni, balki kichik ehtiyotsizlik qilganlarni ham deportatsiya qilish asoslarini kengaytirmoqda. Xususan, Davlat dumasida ko‘rib chiqilishi kutilayotgan yangi loyiha migrantlar uchun navbatdagi jiddiy sinov bo‘lishi aniq.

Kelgusi hafta yangi qonun koʻrib chiqiladi

Rossiya Davlat dumasi kengashi kelgusi haftada chet el fuqarolarini Rossiyadan chiqarib yuborish asoslarini kengaytirishga qaratilgan qonun loyihasini ko‘rib chiqadi, dedi Davlat dumasi spikeri Vyacheslav Volodin.

Deportatsiya uchun asoslar 2 barobar koʻpayadi 

Qonun loyihasi bilan migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborish uchun asoslar sonini ikki barobarga oshirish reja qilinmoqda. Chiqarib yuborish uchun yangi asoslar ro‘yxatiga jamoat tartibini buzish, xizmat vazifasini bajarish chog‘ida politsiya va Rosgvardiya xodimlarining talablariga bo‘ysunmaslik, shuningdek, hayotni ta’minlash obektlari va transport infratuzilmasi ishiga to‘sqinlik qiluvchi harakatlar kiritiladi.

Qo‘shimcha asoslar orasida internetda inson qadr-qimmatini kamsituvchi materiallarni tarqatish, shuningdek, Rossiya Qurolli Kuchlarini obro‘sizlantirish sifatida baholanadigan ommaviy harakatlar yoki Rossiya, uning fuqarolari yoki kompaniyalariga qarshi sanksiyalar joriy etish yoki ularni uzaytirishga chaqiriqlar mavjud. Bir qator huquqbuzarliklar uchun chiqarib yuborishdan tashqari, qonun loyihasi jarimalarni ham nazarda tutadi, ularning miqdorini oshirish taklif qilinmoqda.

22 ta modda

Amaldagi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda xorijliklarni 22 ta modda — xususan, giyohvand moddalar savdosi, pedofiliya va jinsni o‘zgartirishni targ‘ib qilish, shuningdek, immigratsiya qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy tarzda chiqarib yuborish nazarda tutilgan. 

Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilda Rossiya qonunchiligini buzgani sababli 72 ming chet el fuqarosi mamlakatni tark etishga majbur bo‘lgan.

Теги :
Jamiyat
Iqtisodiyot
Siyosat