$
 12175.34
4.67
 14063.74
15.14
 154.29
1.99
weather
+26
Кечаси   +14°
uy

Agar ortiqcha $500K pulingiz boʻlsa, bu hashamatli xonadonlar sizniki boʻladi

Toshkent ko‘chmas mulk bozori so‘nggi yillarda sezilarli o‘zgarib, bugungi kunda poytaxtning ayrim hududlarida 500 ming dollardan qimmat bo‘lgan turar joylarga talab keskin oshib bormoqda. Bu uylar odatiy kvartira yoki hovlilarga mutlaqo o‘xshamaydi: ularning maydoni keng, ta’miri yuqori darajada, infratuzilmasi rivojlangan va markazga yaqin hududlarda joylashgan. Shuning uchun ular umumiy ko‘chmas mulk bozorining emas, balki yuqori daromadli qatlamning ehtiyojiga xizmat qilmoqda.
Батафсил →
lazer

Urush maydonida yangi davr: Dunyo armiyalari tanlagan TOP-5 dronlar “qotili”

Kecha filmlarda ko‘rgan lazer qurollari bugun haqiqatga aylandi. 2025-yilda dunyoning bir nechta yirik davlatlari jang maydonida endi o‘q yoki raketaga emas, yorug‘lik nuriga tayanmoqda. Dronlar to‘dasi, raketalar va havo tahdidlari bir necha soniya ichida lazer bilan yo‘q qilinmoqda. Eng asosiysi bu qurollar tezkor, aniq va avvalgilariga qaraganda ancha tejamkor.
Батафсил →
avtomobil

Ekran yulduziga aylangan avtomobillar

Jeyms Bond filmlarida paydo bo‘lgan Aston Martin DB5 “eng zo‘r josus mashinasi” sifatida tanilgan. U ilk bor 1964-yilda Goldfinger filmida ko‘rinish bergan va tomoshabinlarni darhol o‘ziga rom etgan. Kuchli dvigateli tufayli juda tez harakatlana olgan bu mashinada qurollar, favqulodda o‘rindiq chiqarib yuborish moslamasi va aylanuvchi davlat raqamlari bo‘lgan. Shu sabab DB5 keyingi Bond filmlarida ham ishtirok etgan. Ushbu avtomobil auksionda taxminan 6,3 million dollarga sotilgan.
Батафсил →
Migrantlar boshiga balo

Migrantlar boshiga balo: Rossiyada millatchi guruhlar tomonidan 2025-yilda amalga oshirilgan jinoyatlar

2025-yil Rossiya Federatsiyasining zamonaviy tarixida etnik munosabatlarning eng keskinlashgan va migrantlarga nisbatan nafratning eng yuqori cho‘qqiga chiqqan davri sifatida qayd etildi. O‘tgan 2024-yil mart oyida rus xavfsizlik xizmati tomonidan tashkillashtirilganligi gumon qilingan “Crocus City Hall”da sodir etilgan terakt jamiyatda chuqur qo‘rquv hamda paranoid kayfiyatni uyg‘otgan bo‘lsa, tahlilchilar 2025-yilga kelib bu qo‘rquv tizimli, yaxshi tashkillashtirilgan, davlatning ma’lum qatlamlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan agressiv ksenofobiyaga aylanayotganini aytishmoqda. O‘tgan yillar davomida kuzatilgan tarqoq bezorilik holatlari o‘rnini endilikda “vatanparvarlik” niqobi ostida harakatlanuvchi harbiylashtirilgan guruhlarning muntazam reydlari, etnik tozalash elementlariga ega pogromlar va qonunchilik darajasidagi kamsitishlar egalladi… Jami 12 oyda Rossiya Federatsiyasi bo‘ylab migrantlar va etnik rus bo‘lmaganlarga nisbatan 277+ hujum, 8 o‘lim holati rasman qayd etilgan. Afsuski, ushbu raqamlar “aysbergning uchi”, xolos. Aksariyat migrantlar deportatsiya qilinishdan yoki politsiyadan qo‘rqib shikoyat qilmaydilar. Haqiqiy raqamlar esa bir necha barobar yuqori bo‘lishi mumkin.
Батафсил →
Neft

Teskari effekt: Hozir neft bozori qanday ahvolda?

Neft bugungi kunda ham jahon iqtisodiyotining eng muhim resurslaridan biri sifatida qolmoqda. U iqtisodiyotning istalgan turi – transport, sanoat, xalqaro savdo va geosiyosatda hal qiluvchi ahamiyatga ega hisoblanadi. Jahonning eng yirik neft zaxirasiga ega davlat atrofidagi so‘nggi mojarolar esa neftni kun mavzusiga olib chiqdi. AQSh tomonidan Venesuela prezidenti Nikolas Maduroning qo‘lga olinishi va Donald Trampning ushbu mamlakat neft zaxiralarini “kashf etish” haqidagi va’dalari jahon moliya bozorlarida kutilmagan teskari effektni hosil qildi. Odatda siyosiy beqarorlik narxlarning ko‘tarilishiga sabab bo‘lsa, bu safar narxlar tusha boshladi.
Батафсил →
Global muammolar

2020–2025: Iqlim o‘zgarishidan geosiyosiy beqarorlikkacha — dunyo qanday tahdidlar girdobida?

So‘nggi yillarda global xavf manzarasi keskin o‘zgarib, insoniyat oldida ilgari kuzatilmagan darajada murakkab chaqiriqlarni keltirib chiqarmoqda. AXA xalqaro sug‘urta va investitsiya guruhi tomonidan 57 mamlakatdan 3 595 nafar ekspert o‘rtasida o‘tkazilgan yillik so‘rov natijalariga ko‘ra, 2020–2025-yillar oralig‘ida dunyo eng ko‘p duch kelgan xavflar iqlim, geosiyosiy vaziyat, texnologiyalar va ijtimoiy jarayonlar atrofida to‘plangan.
Батафсил →