$
 11985.10
12.75
 13923.09
71.08
 148.86
1.34
weather
+26
Кечаси   +14°

Agar ortiqcha $500K pulingiz boʻlsa, bu hashamatli xonadonlar sizniki boʻladi

uy

O‘zbekistonda uy-joy narxlarining bugungi holati

O‘zbekistonda turar joy narxlari, ayniqsa Toshkentda, Markaziy Osiyo bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichlardan biriga ega. Yangi qurilishlarda 1 m² joyning o‘rtacha narxi 1 100–1 200 dollar atrofida bo‘lib, bu 60 m² standart kvartiraning deyarli 70 ming dollarga tengligini bildiradi. Viloyatlarda narx nisbatan pastroq bo‘lsa-da, talabning o‘sishi, urbanizatsiya, infratuzilmaning kengayishi va migratsiya tufayli u yerda ham narxlar so‘nggi yillarda barqaror ko‘tarilmoqda.

Poytaxt hududining o‘zida narxni belgilovchi eng kuchli omillar — joylashuv, yerning qimmatligi, infratuzilma, ta’mir sifati va developer brendi. Shuning uchun markazga yaqin yoki nufuzli hududlarda narxlar sezilarli darajada farq qiladi.

So‘nggi yillardagi o‘zgarishlar: narxlar oshdimi yoki kamaydimi?

2018–2023 yillar oralig‘ida O‘zbekistonda ko‘chmas mulk narxlari keskin oshgan. Valyuta bozori, talabning ko‘pligi, urbanizatsiya, davlat ipotekalari va yangi qurilishlar bozorni faol harakatga keltirdi. 2024–2025-yillarga kelib, bozorda o‘sish sur’ati sekinlashdi. Biroq hashamatli turar joylar segmentida narxlar keskin pasaymadi. Bunga sabab —obyektlarning kamyobligi va xaridor auditoriyasining moliyaviy barqarorligi hisoblanadi.

 Toshkentdagi TOP-5 eng hashamatli turarjoylar





1. Yunusobod tumani

Mo‘ljal: C-4, Oloy bozoriga yaqin hudud

Yangi uy

JK Mufarrah

Quruvchi: Murad Building

Dupleks

 • Xonalar soni: 4

 • Qavat: 1 + sokol qavati

 • Uy qavatlari: 7 qavatli bino

 • Maydon: 240 kv.m

Holati: Ta’miri yangi emas, ammo juda sifatli va qimmat materiallar bilan bajarilgan. Yevropa ishlab chiqarishidagi premium darajadagi qurilish va bezaklar ishlatilgan. Keng, qulay va juda shinam kvartira.

Mebel va texnika bilan birga sotiladi.

 • 3 ta sanuzel

 • 2 ta garderob xona

 • 2 ta katta holl

 • 2 ta yordamchi xona

Derazalar ikki tomonga qaragan bo‘lib, tabiatga va avtoturargohga qoyilmaqom manzara ochiladi.

Qo‘shimcha qulayliklar:

 • 24/7 qo‘riqlanadigan yopiq hovli

 • Yer usti va yer osti avtoturargohi mavjud

Narxi: 850 000 USD

Aloqa: +998 98 128 88 83

2. Mirzo Ulug‘bek tumani

Mo‘ljal: Nikitinadan yaqin hudud

Hovli uy

 • Xonalar soni: 6

 • Qavatlar: 2 qavatli

 • Uy maydoni: 450 kv.m

 • Yer maydoni: 3,5 sotix

Holati: sifatli ta’mir qilingan

Narxi: 750 000 USD

Aloqa: +998 98 128 88 83


3. Yunusobod tumani

Mo‘ljal: Bodomzor

Hovli

 • Xonalar soni: 6

 • Qavatlar: 3 qavatli

 • Uy maydoni: 420 kv.m

 • Yer maydoni: 3,8 sotix

Holati: sifatli ta’mir qilingan

Narxi: 580 000 USD

Aloqa: +998 98 128 88 83

 

4. Yakkasaroy tumani

Mo‘ljal: Italiya elchixonasi, Rakatboshi

Hovli uy

 • Xonalar soni: 7

 • Qavatlar: 2 qavatli

 • Uy maydoni: 380 kv.m

 • Yer maydoni: 3,90 sotix

Holati: ta’mir bilan

4 ta yotoqxona — har biri alohida sanuzel va garderob xonasi bilan

Boshqaruv xonasi (kabinet), har bir qavatda holl

Yil bo‘yi foydalaniladigan yopiq basseyn, sauna va dush xonasi mavjud

Uy qo‘riqlanadigan hududda, kottej shaharchasida joylashgan.

Narxi: 550 000 USD

Aloqa: +998 98 128 88 83


5. Mirzo Ulug‘bek tumani

Manzil: Tsiolkovskiy ko‘chasi

Hovli uy

 • Xonalar soni: 6

 • Qavatlar: 2 qavat + podval

 • Uy maydoni: 400 kv.m

 • Yer maydoni: 3 sotix

Holati: sifatli ta’mir qilingan

Mebel va texnika bilan birga

Narxi: 650 000 USD

Aloqa: +998 98 128 88 83

Bu uylarda narxlar nega 500 000 dollardan yuqori?

Hashamatli turar joylar narxining yuqori bo‘lishi bir nechta muhim omillar bilan izohlanadi. Avvalo, joylashuv — turar joy narxining oshishida katta ahamiyatga ega. Qulay joylashuv hududi va markazga yaqinlik uy narxining qimmatlashuviga sabab bo‘lmoqda. Masalan, Yunusobod, Mirzo Ulug‘bek, Yakkasaroy kabi hududlarda yerning o‘zi juda qimmat. Bu tumanlarda joylashgan uy komplekslarining maydoni odatiy uylar bilan solishtirganda 3–4 baravar kattaroq, infratuzilma esa xavfsizlik, qo‘riqlash, parking, basseyn, sauna kabi qo‘shimcha qulayliklarni o‘z ichiga oladi. Bu kabi qulayliklar ham albatta narx-navoning oshishida yetakchi rol o‘ynaydi.

Toshkentda 500 000 dollardan qimmat hashamatli turar joylarning ko‘paygani poytaxtda iqtisodiy faollik va aholining yuqori daromadli qatlamining kengayganidan dalolat. Bu obyektlarning narxi ularning joylashuvi, maydon ko‘lami, qurilish sifati va qo‘shimcha qulayliklari bilan belgilanmoqda. Mazkur holat poytaxtning umumiy ko‘chmas mulk bozorining diversifikatsiyalashib, sifat jihatdan yuqorilab borayotganini ko‘rsatadi.