$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Davlat mehnat inspeksiyasiga kameral nazorat o‘tkazish vakolati beriladi

kameral

“Kambag’allikni qisqartirish va bandlik sohasida davlat siyosatini takomillashtirish va samaradorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi Prezident Qarorida keltirilishicha, davlat mehnat inspeksiyasiga kameral nazorat o‘tkazish vakolati berilishi mo‘ljallanmoqda.

2026-yilgacha 2 000 ta yangi loyihalar ishga tushiriladi

Qarorga ko‘ra, sanoat kirib bormagan mahallalarda 2025-yil 1-dekabrga qadar 1 000 ta, 2026-yilda 2 000 ta qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda kichik ishlab chiqarish loyihalari ishga tushiriladi.

Tezkor kurslar tashkil qilinadi

“Ishga marhamat” monomarkazlari va kasb-hunarga o‘qitish markazlari negizida kasbiy ko‘nikmalar markazlari tashkil etiladi hamda quyidagilar yo‘lga qo‘yiladi:

2025-yil 1-yanvardan ish beruvchilar talabiga moslashuvchan o‘qitish muddati va vaqtini nazarda tutuvchi tezkor kurslar;

2025-yil 1-martdan amaliy kasbiy ko‘nikmalarni bevosita ish joyida shakllantirish imkonini beruvchi yangi tajribani joriy etish;

2026-yil 1-yanvargacha kasbiy ko‘nikmalar markazlarini xalqaro baholash tashkilotlarining akkreditatsiyasidan o‘tkazish orqali ularning bitiruvchilariga xorijda tan olinadigan sertifikatlar (malaka pasportlari) berish;

2026-yil 1-iyulgacha xalqaro standartlar bo‘yicha kasbiy malakani baholovchi markazi tashkil qilinadi va xorijiy davlatlarda tan olinadigan malaka sertifikati berish;

Shuning bilan birga, 2025-yil 1-martdan:

Mehnat muhofazasi bilan ta’minlanganlik holati onlayn reyting asosida baholanadi

Davlat mehnat inspeksiyasi va uning hududiy bo‘linmalari mansabdor shaxslariga mehnat huquqlari va mehnatni muhofaza qilish, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish, aholi bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini bajarmaganligi uchun kameral nazorat o‘tkazish vakolati beriladi.

Xususan, mulkchilik shaklidan qat’i nazar barcha tashkilotlarda mehnat huquqlari va mehnat muhofazasi ta’minlanganlik holati onlayn reyting asosida baholanadi.