$
 12042.49
-18.06
 14147.52
-35.69
 160.55
-0.77
weather
+26
Кечаси   +14°
Kinoteatr

“Avatar”dan “Juda g‘alati ishlar”gacha: Dekabrda bizni qanday premyeralar kutyapti? – TOP-5

Dekabr – kino muxlislari intiqlik bilan kutadigan oy. Odatda yil yakuni eng dahshatli film premyeralari bilan o‘tadi. Ko‘plab kinostudiyalar o‘zining blokbasterlarini taqdim etadi. Streaming platformalar ham, kinoteatrlar ham tomoshabinni o‘ziga tortayotgan loyihalar bilan to‘la. Xo‘sh, bu oy qaysi premyerani o‘tkazib yubormaslik kerak? Keling, bu oy qanday filmlar trend bo‘lishini birga ko‘rib chiqamiz.
Батафсил →
migratsiya

Yevropaga qanday qilib qonuniy ketish mumkin? Mo‘may daromad, talablar va ishonchli dasturlar

Nega bugun Yevropada ishlashga talab oshmoqda? Bugungi kunda o‘zbek yoshlarining chet elda, ayniqsa Yevropada ishlashga bo‘lgan qiziqishi sezilarli darajada oshdi. Bu faqatgina yaxshi maoshga intilish emas — balki barqaror hayot, ijtimoiy himoya, toza mehnat sharoitlari va kelajak uchun ishonchli poydevor yaratish bilan bog‘liq. Yevropa davlatlarida esa aksincha, mehnat bozorida ishchi yetishmovchiligi kuchaygan. Masalan, Germaniyada bugungi kunda 2 millionga yaqin ishchi yetishmaydi, 2035-yilga borib bu raqam 7 milliongacha yetishi mumkin. Ayniqsa tibbiyot, xizmat ko‘rsatish, IT sohalarida ishchi kuchi yetishmovchiligi yuqori. Shu kabi sabablar tufayli bugungi kunda Yevropada qonuniy mehnat migratsiyasiga bo‘lgan talab tobora kuchaymoqda.
Батафсил →
Air polution

“Bizni zaharlayotganlar”: Havoni eng ifloslantirayotgan 5 manzil

So‘nggi paytlarda havoning ifloslanishi ortidan hukumat tomonidan turli xil reyd tadbirlari va havo sifatini yaxshilashga qaratilgan choralar ko‘rila boshlandi. Shunga qaramay, jamoatchilik tomonidan tanqidir muhokamalar hamda turli xil zavod va fabrikalar ustidan e’tirozlar keskin oshgan. “Jamoatchilik nazorati” Telegram kanali esa doimiy ravishda aholidan kelgan shikoyatlarni foto va videomateriallar bilan berib bormoqda.
Батафсил →
Green Energy

2050-yilga borib dunyo asosiy elektrni nimadan oladi?

Xalqaro energetika agentligining (IEA) prognozlariga ko‘ra, yaqin o‘n yilliklarda dunyo energetika bozori tubdan o‘zgaradi. Ekspert tahlillariga asoslanib aytish mumkinki, global energiya ta’minoti qayta tiklanuvchi manbalarga tobora ko‘proq tayanadi, an’anaviy yoqilg‘i manbalari esa sekin-asta o‘z ulushini boy beradi.
Батафсил →
uy

Agar ortiqcha $500K pulingiz boʻlsa, bu hashamatli xonadonlar sizniki boʻladi

Toshkent ko‘chmas mulk bozori so‘nggi yillarda sezilarli o‘zgarib, bugungi kunda poytaxtning ayrim hududlarida 500 ming dollardan qimmat bo‘lgan turar joylarga talab keskin oshib bormoqda. Bu uylar odatiy kvartira yoki hovlilarga mutlaqo o‘xshamaydi: ularning maydoni keng, ta’miri yuqori darajada, infratuzilmasi rivojlangan va markazga yaqin hududlarda joylashgan. Shuning uchun ular umumiy ko‘chmas mulk bozorining emas, balki yuqori daromadli qatlamning ehtiyojiga xizmat qilmoqda.
Батафсил →