$
 11895.57
-45.38
 13826.22
11.73
 152.98
0.3
weather
+26
Кечаси   +14°

Saida Mirziyoyeva boshchiligida Maxsus komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Saida Shavkatovna

Ekologiya qo‘mitasi binosida Toshkent shahridagi atmosfera havosi holati bo‘yicha Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva raisligida Maxsus komisiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Shavkat Umurzoqov va Zoir Mirzayev ishtiroki

Yig‘ilishda prezidentning ekologiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi, Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov, Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqov, Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev, ma’ul tashkilotlar, jumladan, Qurilish vazirligi, “O‘zgidromet” markazi vakillari qilinayotgan chora-tadbirlar haqida hisobot berdi.

Shuningdek, yirik yashil hududlar va bog‘larni tashkil qilish, tabiiy suv havzalari atrofini obodonlashtirish, sun’iy ko‘llar qurish masalalari muhokama qilindi.

Davlat qo‘llab-quvvatlovi

Shu bilan birga yig‘ilishda sanoat zonalari va issiqxonalardagi ekologik holatni qat’iy nazorat qilish bilan bir qatorda, belgilangan talab doirasida ishlashni xohlovchi tadbirkorlarga davlat tomonidan har tomonlama ko’mak berish kerakligi ta’kidlandi.

Lekin o’z navbatida, ekologiyani buzayotgan va qoidalarni pisand qilmaydigan har qanday subyektga nisbatan keskin qonuniy choralar ko’rilishi, bunda hech kimga istisno qilinmasligi qayd etildi. 

“Prezidentimiz mendan har kuni bu masala bo’yicha hisobot so‘rayaptilar. Xalqimizning salomatligi bilan bog‘liq masala bo‘lgan joyda hech birimizning sustkashlikka yo‘l qo‘yishimizga haqqimiz yo‘q”, — dedi Mirziyoyeva yig‘ilishda.

Zararli havoning 40 foizi odamlar ta’sirida shakllangan

Ta’kidlanishicha, Yaponiyaning zamonaviy texnologiyasi asosida oxirgi 1 haftalik tekshiruvlar shuni ko‘rsatmoqdaki, havo tarkibidagi 40 foiz changlar antropogen unsurlar (odamlarning ta’siri bilan shakllangan), 60 foizi esa tabiiy changlar ekanligi ma’lum bo‘lgan.

Теги :
Jamiyat