$
 11940.95
38.65
 13814.49
34.01
 152.68
0.5
weather
+26
Кечаси   +14°

“Avatar”dan “G‘alati narsalar”gacha: Dekabrda bizni qanday premyeralar kutyapti? – TOP-5

Kinoteatr

Dekabr – kino muxlislari intiqlik bilan kutadigan oy. Odatda yil yakuni eng dahshatli film premyeralari bilan o‘tadi. Ko‘plab kinostudiyalar o‘zining blokbasterlarini taqdim etadi. Streaming platformalar ham, kinoteatrlar ham tomoshabinni o‘ziga tortayotgan loyihalar bilan to‘la. Xo‘sh, bu oy qaysi premyerani o‘tkazib yubormaslik kerak? Keling, bu oy qanday filmlar trend bo‘lishini birga ko‘rib chiqamiz.

“Erkak chaqaloqqa qarshi” (Man vs Baby)

Dekabrning eng yorqin premyerlarini Rovan Atkinson o‘zining “Erkak chaqaloqqa qarshi” seriali bilan boshlab beriladi. Ushbu serial 2022-yil dunyo yuzini ko‘rgan “Erkak ariga qarshi” serialining mantiqiy davomi sifatida olinmoqda. Serialdagi tartibsizliklardan so‘ng, bosh qahramon Trevor Bingley maktabda xo‘jalik ishlari bilan shug‘ullanuvchi xodim sifatida ancha tinchroq ishni tanlaydi. Ammo yangi yil arafasida mo‘may haq to‘lanadigan penthausdagi ish uni yana o‘sha notinch vaziyatlarga qaytaradi — va maktabning Rojdestvo sahnasida go‘dakni hech kim olib ketmagach, Trevor bayram kunlarini kutilmagan hamroh bilan o‘tkazishiga to‘g‘ri keladi.

Netflix filmning rasmiy treylerini allaqachon ommaga taqdim etgan. Serial 30 daqiqalik 4 ta epizodga mo‘ljallangan bo‘lib, kinokompaniya mazkur serial premyerasini 11-dekabr sanasiga belgilagan. Film rejissyori – David Kerr.

Rasmiy treyler: Man vs Baby

“Avatar: Olov va kul” (Avatar: Fire and Ash)

Avatar: Fire and Ash (2025) - IMDb

TOP-5 bu filmsiz bo‘lmaydi – “Avatar: Olov va kul”. Dekabr oyi uchun 20 Century Studios Walt Disney bilan hamkorlikda o‘zining blokbasterlaridan biri – “Avatar”ning yangi qismini tayyorlamoqda. Jeyms Kemerun boshchiligidagi jamoa film ishqibozlari uchun 3 soat-u 15 daqiqalik “osh”ni hozirlab qo‘ygan.

Filmdagi voqea oldingi qismlarda bo‘lgan voqealardan keyin boshlanadi. Oilasi vayron bo‘lgan bosh qahramonlar — Jake Sully va Neytiri — yangi sinovlarga duch kelishadi. Ularning yolg‘izgina vazifasi — yangi tahdidlarni toʻxtatish: qiyin insoniy raqiblar bilan bir qatorda, ular bilan jang qiladigan yangi Na’vi qabilasi — “Ash People” (yoki “Olov va Kul” qabilasi) paydo bo‘ladi.

Film premyerasi 19-dekabr sanasiga mo‘ljallangan.

Rasmiy treyler: Avatar: Fire and Ash

SpanjBob: Kvadrat shimlar izidan (The SpongeBob Movie: Search for SquarePants)

The SpongeBob Movie: Search for SquarePants | Official Website ...

Yana bir o‘z auditoriyasiga ega mitti SpanjBobning yangi qismi ham dekabrda katta ekranlarga chiqishi rejalashtirilmoqda. Paramount Pictures va Nickelodeon Movies tomonidan yaratilgan mazkur filmning birinchi premyerasi 26-oktyabr AFI Film Festival doirasida o‘tkazilgan bo‘lsa-da, hali katta ekranlarga taqdim etilmadi. Bu film serial asosidagi to‘rtinchi asosiy kinolardan biri hisoblanadi.

Rejissyor Derek Draymon boshchiligidagi filmda bosh qahramon SpanjBob — o‘z jasoratini isbotlamoqchi bo‘lib, The Flying Dutchman nomli sirli suzib yuruvchi kapitan (fantom pirat) ortidan dengiz tubiga sayohat qiladi. Maqsadi — Mr. Krabs oldida “katta, jasur” ekanini ko‘rsatish.

Mazkur filmning kinoteatrlardagi premyerasi 19-dekabr sanasida bo‘lib o‘tadi. Animatsion filmning davomiyligi 1 soat-u 36 daqiqa bo‘lishi kutilmoqda.

Rasmiy treyler: The SpongeBob Movie: Search for SquarePants

“Anakonda” (Anaconda)

Anaconda (2025) - IMDb

Yo‘q, bu 1997-yili dunyo yuzini ko‘rgan “Anakonda” filmi emas. Balki, Columbia Pictures mazkur kinokartina asosida yana bir marta film ichida film ishlashga qaror qildi. Bu safar kinostudiya film rejissyori sifatida Luis Llosani emas, 45 yoshli Tom Gormikenni ishga soldi.

Film syujeti shunday: ikki do‘st — Jack Black (Doug) va Paul Rudd (Griff) — yoshligida sevimli bo‘lgan 1997-yildagi klassik Anaconda (1997 film) filmiga hurmat sifatida shu filmni qayta suratga olishga qaror qiladilar. Biroq suratga olish Amazon o‘rmonlarida bo‘lish mo‘ljallanganida, ular kulgili “remeyk” deb o‘ylagan asar tez orada dahshatli real voqeaga aylanadi — sabab: haqiqiy yovvoyi va gigant ilon, haqiqiy ulkan anakonda, ularni ovlashni boshlaydi.

Davomiyligi 1 saot-u 40 minut bo‘lgan film premyerasi dekabr oyining 25-sanasiga belgilangan.

Rasmiy treyler: Anaconda

“G‘alati narsalar 5” (Stranger Things 5)

Vanihoyat, dekabr oxirida serial olamida eng katta auditoriyaga ega kartinalardan biri “G‘alati narsalar 5” serialining 2 to‘lqini premyerasi kutib turibdi. Serialning asosiy ijodkorlari va prodyuserlari aka-uka Matt va Ross Dufferlar, shuningdek Shovn Levy bilan Dan Kohen hisoblanadi.

5-mavsum 1987-yil kuzida boshlanadi. Oldingi fasl oxirida ochilgan “Rifts” portali sababli qahramonlar (odamlar) va dunyo orasidagi chiziq buzilgan. Endi jamoa  bosh dushman Vecna ni topib, yo‘q qilishga harakat qiladi. Ammo bu shunchaki sirli va paranormal emas — bu safar voqea yanada xavfli: shahar (Hawkins, Indiana) harbiy karantin ostida, va jamoaning harakati cheklangan.

Netflix serialning birinchi to‘lqini – 1,2,3,4-qismlarini 26-noyabr sanasida taqdim etdi, endi navbat 2-to‘lqin va finalga. Kinokompaniya serialning 2-to‘lqini(5,6,7-qismlar)ni ramziy ma’noda muxlislariga sovg‘a sifatida 25-dekabr Rajdestvo kuni va  Final – 8-qismni esa 31-dekabr Yangi yil arafasida premyera qilishni rejalashtirgan.

Rasmiy treyler: Stranger Things 5

Теги :
Jamiyat