$
 11914.67
3.74
 13735.23
-49.29
 148.27
0.78
weather
+26
Кечаси   +14°

Yevropaga qanday qilib qonuniy ketish mumkin? Mo‘may daromad, talablar va ishonchli dasturlar

migratsiya

Nega bugun Yevropada ishlashga talab oshmoqda?

Bugungi kunda o‘zbek yoshlarining chet elda, ayniqsa Yevropada ishlashga bo‘lgan qiziqishi sezilarli darajada oshdi. Bu faqatgina yaxshi maoshga intilish emas — balki barqaror hayot, ijtimoiy himoya, toza mehnat sharoitlari va kelajak uchun ishonchli poydevor yaratish bilan bog‘liq. Yevropa davlatlarida esa aksincha, mehnat bozorida ishchi yetishmovchiligi kuchaygan. Masalan, Germaniyada bugungi kunda 2 millionga yaqin ishchi yetishmaydi, 2035-yilga borib bu raqam 7 milliongacha yetishi mumkin. Ayniqsa tibbiyot, xizmat ko‘rsatish, IT sohalarida ishchi kuchi yetishmovchiligi yuqori. Shu kabi sabablar tufayli bugungi kunda Yevropada qonuniy mehnat migratsiyasiga bo‘lgan talab tobora kuchaymoqda. 

Yevropada qonuniy ishlash uchun nimalar qilish kerak?

Yevropaga mehnat migrant sifatida bormoqchi bo‘lsangiz, eng avvalo:

• Rasmiy manbalardan axborot yig‘ishingiz;

• Faqat litsenziyali agentliklar bilan ishlashingiz;

• Ish shartnomasi va vizani aniq hujjatlar asosida tayyorlashingiz kerak.

Yuqoridagi talablar asosida chet elga ishlash uchun ketayotgan o‘zbekistonlik yurtdoshlarimiz borishni rejalashtirayotgan davlatning elchixona yoki konsulligiga quyidagi umumiy hujjatlarni taqdim qilishlari kerak:

• pasport

• ish shartnomasi

• ish ruxsatnomasi

• sug‘urta

• yashash manzili bo‘yicha tasdiq

 • anketa + foto

Yevropada o‘rtacha oylik daromad taxminan qancha?

Rasmiy ma’umotlarga qaraganda Yevropa mamlakatlarida o‘rtacha oylik daromad quyidagicha:

• Polsha – 1 500–2 100 € atrofida;

• Litva – 1 038 €;

• Chexiya – 1 600–1 800 € atrofida;

• Germaniya – 4 200–4 300 €;

O‘zbekistonliklarni Yevropaga qonuniy jalb qiluvchi dasturlar

1. EURES — Yevropa ish bozorining rasmiy portali

EURES — Yevropa Ittifoqi va Yevropa Iqtisodiy Hududi uchun rasmiy ish qidirish tarmog‘i bo‘lib, portalda 30dan ortiq davlatdan millionlab ish e’lonlari bor. Bu Yevropaga ishlashni istaganlar uchun eng xavfsiz ish qidirish saytlaridan biri hisoblanadi. 

Portal ish izlovchiga quyidagi ma’lumotlarni taqdim etadi:

• 3,5 mlnga yaqin ish e’loni;

• Har bir davlat bo‘yicha ish sharoiti, yashash, soliqlar haqida ma’lumot;

• EURES maslahatchilari orqali bepul maslahat.

Rasmiy sayt: https://eures.europa.eu

2. “Make it in Germany” – Germaniya va O‘zbekiston migratsiya hamkorligi

Make it in Germany — Germaniya federal hukumati tomonidan yaratilgan platforma bo’lib, malakali chet ellik mutaxassislarni Germaniyaga jalb qilish mo’ljallangan. Platformada IT, tibbiyot, muhandislik, texnik xizmat ko‘rsatish, parvarishlash, qurilish, logistika kabi sohalar bo‘yicha minglab vakansiyalar taklif etilgan.

Loyiha ish izlovchiga quyidagi ma’lumotlarni taqdim etadi:

• Tibbiyot va qurilish sohalari bo‘yicha nemis tilini o‘qitish va Germaniyada o‘qish yoki ishlash imkoniyatini;

 • Malakali ishchilar uchun Blue Card va boshqa vizalar haqida tushuntirish;

 • O‘zbekiston hududida Germaniya til markazlari va kasb-hunar tayyorgarlik kurslari haqida batafsil ma’lumot.

Tashkilotning rasmiy web-sayti: https://www.make-it-in-germany.com

3. “Getwork” — Litva Respublikasi agentligi

“Getwork” xususiy bandlik agentligi Litvada yuqori haq to‘lanadigan ishlar uchun chet elliklarni yollovchi muassasadir. Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, ular faqat qonuniy mehnat migratsiyasi asosida shartnoma tuzishadi.

Agentlik ish izlovchiga quyidagi ma’lumotlarni taqdim etadi:

• Litvada malakali va malakasiz ishlar bo‘yicha takliflar;

• Ish beruvchi bilan yuzma-yuz suhbat;

• Qonuniy kontrakt orqali ishga joylashish.

Agentlikning rasmiy web-sahifasi: https://gov.uz/en/migration/news/view/83813

4. O‘zbekiston tashqi mehnat migratsiyasi agentligi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi O‘zbekiston Respublikasining rasmiy davlat agentligi bo’lib, fuqarolarning chet elda qonuniy, xavfsiz sharoitda ishlashi uchun xizmat qiladi. Agentlikning asosiy vazifasi o‘zbekistonlik migrantlarni litsenziyaga ega bo’lgan chet el ish byurolari yuborishdan iborat.

Agentlikning yana bir muhim vazifasi — chet elda ishlayotgan o‘zbekistonliklarning huquqiy himoyasini ta’minlashdir. Ular mehnat shartlarida yoki chet eldagi hayoti davomida muammoga duch kelganida agentlikka murojaat qilib yordam olishlari mumkin. Eng muhimi, TМMA faqat rasmiy va ishonchli ish manbalar bilan hamkorlik qilgani uchun fuqarolarni har xil firibgarliklardan himoya qiladi va ularning chet elga xavfsiz chiqishini kafolatlaydi.

Agentlikning rasmiy sahifasi: https://gov.uz/en/migration

 5. IOM Uzbekistan

BMTning Xalqaro Migratsiya Tashkiloti O‘zbekistonda faoliyat olib boradi va hukumat bilan birga mehnat migratsiyasi siyosatini yaxshilash, xavfsiz migratsiya bo‘yicha axborot berish, noqonuniy migratsiya xavflarini kamaytirishga yordam beradi. 

Bu tashkilot ish topib bermaydi, biroq:

 • Qonuniy migratsiya yo‘llari haqida batafsil ma’lumot;

 • Migrant huquqlari bo‘yicha trening va materiallar;

 • Tashqi va ichki mehnat migratsiyasi bo‘yicha hukumat bilan hamkorlik;

Batafsil ma’lumot uchun: https://uzbekistan.iom.int