$
 12917.10
-48.24
 14460.69
-64.38
 160.14
-1.2
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

Toshkent hayvonot bog‘ida navbatdagi vasiylik dasturi ochildi

zoopark

Toshkent hayvonot bog‘ida jonzotlarning yashash sharoitini yaxshilash uchun navbatdagi vasiylik dasturi ochildi. Bunda korpuslarni ta’mirlash, o‘yinchoq, ovqat olib berish, davolatish va boshqalar amalga oshiriladi.

Vasiy kim va u nimalar qilishi kerak?

Vasiy bo‘lgan shaxs hayvonlarning yashash sharoitlarini yaxshilashda ishtirok etadi va bu orqali jonzotlarning bog‘dagi turmush darajasini yaxshilashga xissa qo‘shadi.

Xohlovchilar zooparkka borib, hayvonni tanlaydi va oylik pulni aniq nimaga o‘tkazishini kelishib oladi. Masalan ular korpusni yaxshilash, uni rekonstruksiya qilish, hayvonlar o‘yinlari uchun asboblar, yog‘ochdan yasalgan attraksionlar, davolash, oziq-ovqat (misol uchun, dengiz baliqlariga dengiz mahsulotlari kerak — qizil baliq, qisqichbaqalar va boshqalar, sudralib yuruvchilar uchun maxsus vitamin komplekslari) va hokazolar bo‘lishi mumkin.

Vasiyga beriladigan imtiyozlar

Har qanday hayvon qaramoqqa olinganidan so‘ng vasiyga quyidagi imtiyozlar beriladi:

·        vasiylik davrida vasiy shaxs va uning oilasi uchun Toshkent hayvonot bog‘iga bepul tashrif buyurish;

·        tanlangan jonivorning qafasini brendlash;

·        bog‘ veb sayti va ijtimoiy tarmoqlarda vasiy brendini eslatib o‘tish;

·        tashkilotning tanlangan jonivoriga g‘amxo‘rlik qilish fakti haqida ta’lim, ko‘ngilochar tadbirlar va PR aksiyalarni o‘tkazish.

Hayvonot bog‘i va vasiy o‘rtasidagi shartnoma

Ikki tomonlama kelishuv natijalaridan keyin hayvonot bog‘i va vasiy o‘rtasida shartnoma tuziladi. Ushbu dastur 2023-yilning noyabr oyida ham bo‘lib o‘tgan.

Ma’muriyatning eslatishicha, hayvonlarni vasiylikka olish dunyoning ko‘plab hayvonot bog‘larida amalga oshiriladi. Hayvonlar zooparkda qoladi, ularni hech kim uyiga olib ketmaydi.

Теги :
Jamiyat