Xorijiy kompaniyalarning mushtumzo‘r ishchilari
Kuchli ta’sir qiluvchi dorilarni reklama qilishdan bosh tortgan fuqarolarni do‘pposlaganlar qamoqqa olindi.
2 daqiqa o‘qiladi

Xorijiy kompaniyalarning mushtumzo‘r ishchilari
Kuchli ta’sir qiluvchi dorilarni reklama qilishdan bosh tortgan fuqarolarni do‘pposlaganlar qamoqqa olindi.
Yollanma mushtumzo‘rlar
Bir necha oy avval bir yigitni bir guruh fuqarolar vahshiylarcha do‘pposlaganligi tasvirlangan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi va ko‘pchilikning ko‘nglini xira qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, kuchli ta’sir qiluvchi dorilarni reklama qiluvchi mashhur xorijiy kompaniyalardan ijtimoiy tarmoq orqali ishchilarni ishga olgan va aytganini qilmagan xodimlarni muttasil jazolash maqsadida esa bir guruh yigitlarni yollab ishchilarni do‘pposlatgan va ularni videolarga olib internetga joylashtirishlarini buyurgan.
Aldangan va kaltaklangan ishchilar
Ular ijtimoiy tarmoqlar orqali topgan ishlarining boshida tashishlari kerak bo‘lgan narsa narkotik ekanligi bilmagan ishchilar bu ishni qilishdan bosh tortishadi.
So‘ng ishchilarga oldinroq jazolangan xodimlarning videolarini yuborib ularni yana ham bosim ostiga olishgan.
Vahshiy jazo guruhi
Ular ishlashdan bosh tortgan xodimlarni topib juda qattiq qiynoqlarga solishgan. Bu holatlarni esa videotasvirlarga olib ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirishgan.
Videolardagi holatlarda esa yigitlar xodimlarni qanday qiynoqqa solganliklari, og‘ir ahvolga kelib yalinishlariga qaramay urishda davom etganliklarini ko‘rish mumkin.
Ular bu ishlarni katta pul evaziga amalga oshirishgan.
14 nafar sudlanuvchiga hukm
Sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 137-moddasi 2-qismi B,V,G bandlari, 130 prim 1 moddasi 2-qismi A va B bandlari, 277-moddasi 3-qismi A va G bandlari bilan aybli deb topildi va 6 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Ulardan yana 2 ta sudlanuvchi 5 yil-u 6 oy, yana bittasi 5 yil, yana 4 nafari esa 5 yil-u 6 oy, 6 nafari esa 3 yil-u 6 oyga ozodlikdan mahrum etildi.



