$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonda zilzilaga chidamsiz inshootlar soni oshkor qilindi

Chorsu

“Shaharsozlik renovatsiyasi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida e’lon qilindi.

Loyiha mazmuni

Hujjatda bugungi kunda turar va noturar joy obyektlarining energotejamkorligini oshirish, yashil hududlarni ko‘paytirish, shaharlarning tashqi arxitekturaviy qiyofasini yangilash, avariya holatidagi va eskirgan obyektlarni buzish, qayta qurish jarayonlari hamda mulkdorlarning huquqlari himoyasini huquqiy jihatdan to‘g‘ri tartibga solish maqsadga muvofiq ekanligi qayd etiladi.

Seysmik zaif binolar

Ayni dam respublikada 42 mingga yaqin ko‘p kvartirali uylar mavjud bo‘lib, ularning 30 795 tasi (73 foiz) 1991-yilgacha qurilgani, shundan 1032 tasi instrumental texnik ko‘rikdan o‘tkazish talab etiladigan, 223 tasi seysmik zaif bino-inshootlar ekanligi aniqlangan. Shu bois, renovatsiya asosida uy-joy fondi obyektlarini me’moriy, iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik jihatdan yangilash (renovatsiya qilish) zaruriyati yuzaga kelmoqda, deya qayd etiladi loyihada.

Toshkent zilzilasi

Ma'lumot uchun, 1966-yilning 26-aprel sanasida O'zbekiston tarixida o'chmas iz qoldirgan va magnitudasi 5,2-5,3 ball (ba'zi manbalarda 5,4 ball) bo'lgan Toshkent zilzilasi sodir bo'lgan. Unda rasmiy ma'lumotga ko'ra, 1,000 dan ortiq odam jarohatlanib, 8 kishi halok bo'lgan. Minglab uylar, binolar va inshootlar vayron bo'lgan yoki jiddiy zarar ko'rgan. Zilzila natijasida 300,000 dan ortiq kishi uy-joysiz qolgan. Zilziladan so'ng, Sovet Ittifoqi hukumati Toshkent shahrini qayta tiklash uchun katta miqdorda mablag' va resurslar ajratadi. Shaharni qayta qurish ishlari bir necha yil davom etgan va u zamonaviy arxitekturaviy uslublar asosida amalga oshiriladi.