$
 12927.17
36.74
 14717.58
-3.29
 155.73
-0.31
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

Poytaxtda zilzilalar sodir bo‘lish xavfi bor

zilzila 1966

Fanlar akademiyasi axborot xizmati rahbari Gulnoza Sharafova AOKAda o‘tkazilgan brifingda ushbu ma’lumotni ma’lum qildi. 

Brifing

AOKAda o‘tkazilgan brifingda Fanlar akademiyasi axborot xizmati rahbari Gulnoza Sharafovaning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti olimlari tomonidan Kuchli zilzilalar ta’sirida Toshkent shahrining talafotlarni darajasini iqtisodiy baholash imkonini beruvchi raqamli simulyatsion modeli ishlab chiqilgan. Olimlarimiz yaratgan ushbu loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-maydagi «O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» qarorida keltirilgan vazifalardan biridir.

Nazarbek zilzilasi 

Toshkent shahri hududi seysmik potensiali yuqori bo‘lgan zonada joylashgan bo‘lib, hududda magnitudasi M≤6,5 bo‘lgan zilzilalar sodir bo‘lish xavfi bor. Tarixiy va instrumental ma’lumotlar bazasiga ko‘ra shahar hududida 1868, 1886, 1924 va 1966-yillari magnitudasi M=6.5, M=6.0 va M=5.3 seysmik jadalligi bo‘yicha 7, 8, 9 ballik zilzilalar qayd qilingan. Shuningdek 1980-yilda magnitudasi M=5.5 bo‘lgan seysmik jadalligi 8 ballga teng Nazarbek zilzilasi sodir bo‘lgan.

Kelajak talabi 

Toshkent shahar hududini janubiy g‘arb yo‘nalishida kesib o‘tuvchi Karjantou tektonik yer yorig‘i doimiy harakatlanishi natijasida kuchli zilzilalar sodir bo‘lib kelmoqda. Albatta, sodir bo‘lishi muqarrar bo‘lgan 7,8 va 9 ballik kuchli zilzilalar shaharga iqtisodiy talafotlar yetkazgan. So‘nggi vaqtlarda xorijiy mamlakatlarda sodir bo‘layotgan kuchli zilzilalar yer plitalarining tektonik siljishlari oqibatida yuzaga kelayotgan turli xil talafotlar mamlakatimizda seysmik xavfsizlikni ta’minlash ishlarini jadallashtirish, sohaga zamonaviy yondashuvlarni joriy etishni talab etmoqda.

Simulyatsion model

Loyihani amaliyotga tatbiq etish orqali zamonaviy IT-texnologiyalari asosida Toshkent shahrining muhandis-geologik sharoitini va bino-inshootlarning konstruktiv turlarini hamda ularning seysmik zaifliklarini aniqlab hisobga olgan holda hududda sodir bo‘lish ehtimoli yuqori bo‘lgan 7, 8 va 9 ballik zilzilalardagi iqtisodiy talafotlarini baholashning ilmiy asoslangan simulyatsion modeli ishlab chiqiladi.