$
 12047.45
26.55
 14099.13
110.41
 151.90
-3.59
weather
+26
Кечаси   +14°

Dunyoning tabiiy resurs zaxiralari bo‘yicha eng boy davlatlari

Rossiya, Amerika, Saudiya

Visual Capitalist portali “Tabiiy resurslar zaxiralari qiymati bo‘yicha eng yaxshi 10 ta davlat” infografikasini e’lon qildi. Davlatning resurslari deganda, uning iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik rivojlanishiga yordam beradigan barcha tabiiy va insoniy boyliklar tushuniladi. Tabiiy resurslar deganda esa tabiatdan olinadigan moddiy boyliklar tushuniladi. Neft, gaz va ko‘mir, metall va minerallar, o‘rmon va suv resurslari hamda turli hududlar shular jumlasidan. 

Dunyoning tabiiy resurs zaxiralari bo‘yicha eng boy uch davlati 

Ushbu reytingda Rossiya katta farq bilan yetakchilik qilmoqda, uning zaxiralari 75 trillion dollarga baholangan. Rossiya Federatsiyasi Keng hududi va turli geologik tuzilishi tufayli neft, gaz, ko‘mir, o‘rmon va mineral resurslarga boy. Ikkinchi pog‘onani AQSH egallagan bo‘lib, uning zaxirasi 45 trillion dollarga teng ko‘rilgan. Qo‘shma Shtatlarning asosiy tabiiy resurs zaxiralarini neft va tabiiy gaz, ko‘mir, metallar, o‘rmonlar hamd qishloq xo‘jaligi yerlari tashkil etadi. Yuqori uchlikni Saudiya Arabistoni yakunlab beradi. Saudiyaning zaxiralari 34 trillion dollarga baholanmoqda. Mamlakat dunyodagi eng yirik neft zaxiralariga ega bo‘lib, neft eksporti bo‘yicha yetakchi davlatlardan biridir.

Top-7

Umumiy o‘nlikka to‘xtaladigan bo‘lsak, reytinging keyingi pog‘onalaridan quyidagi mamlakatlar o‘rin olgan:

  • Kanada: Ko‘mir, neft, tabiiy gaz, o‘rmon va mineral resurslar, shu jumladan, nikel va uran kabi qimmatbaho metallarga boy. Zaxiralar qiymati — 33 trillion dollar.
  • Eron: Neft va tabiiy gaz zaxiralari bo‘yicha dunyodagi eng yirik davlatlardan biri. Zaxiralar qiymati — 27 trillion dollar.
  • Xitoy: Ko‘mir, ohaktosh, temir rudasi, to‘qimachilik va boshqa mineral resurslarga boy. Zaxiralar qiymati — 23 trillion dollar.
  • Braziliya: O‘rmon resurslari, temir rudasi, marganes va boshqa minerallarga ega. Zaxiralar qiymati — 22 trillion dollar.
  • Avstraliya: Temir rudasi, ko‘mir, oltin, uran va boshqa mineral resurslar bilan boy. Zaxiralar qiymati — 20 trillion dollar.
  • Iroq: Katta neft zaxiralariga ega bo‘lib, neft eksportida muhim o‘rin tutadi. Zaxiralar qiymati — 16 trillion dollar.
  • Venesuela: Dunyodagi eng yirik neft zaxiralaridan biriga ega. Zaxiralar qiymati — 14 trillion dollar.
Теги :
Iqtisodiyot