O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari kamaydi
Joriy yilning 1-dekabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari $41,5 mlrd.ni tashkil etdi.
1 daqiqa o‘qiladi

Joriy yilning 1-dekabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari $41,5 mlrd.ni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank ma’lumotlarida keltirilgan, deb yozadi Spot.
4 foizga pasaydi
Ketma-ket ko‘tarilishdan keyin noyabr oyida mamlakatning xalqaro aktivlari qiymati $1,7 mlrd.ga yoki qariyb 4 foizga pasaydi. Xususan, oltin zaxiralarining qiymati $623 mln.ga — $33,4 mlrd.dan $32,7 mlrd.gacha pasaydi. Biroq, oltinning fizik hajmi biroz ko‘payib, 12,3 troya unsiyani tashkil qildi.
Erkin konvertatsiya qilinuvchi valyutadagi aktivlar hajmi $1,04 mlrd. kamayish bilan, noyabr oyida $8,2 mlrd. bo‘lgan.
Markaziy bankning xorijiy hisobvaraqlaridagi naqd valyuta hajmi
Markaziy bankning xorijiy hisobvaraqlaridagi naqd valyuta hajmi ham $1,04 mlrd.ga pasayib, $8,08 mlrd.ni tashkil etdi. Shundan $370,1 mln.i boshqa markaziy banklar va XVJda, qolgan $7,7 mlrd.i esa boshqa xorijiy moliya institutlarida saqlanadi.
Bundan tashqari, Markaziy bank tomonidan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar qiymati bir oy ichida biroz oshdi — $101,3 mln.
Markaziy bankning o‘z ma’lumotlariga ko‘ra, uchinchi chorakda tartibga soluvchi organ tomonidan oltin xaridi 12 foizga o‘sgan.



