Dushanba, 19-oktabr, 2026
Havo 94 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +17° kechasi +9°

Yuk mashinasi 2-sinf o‘quvchisini bosib ketdi

2-sinf o‘quvchisi avtohalokatda olgan og‘ir tan jarohatlari sababli voqea joyida vafot etgan.

1 daqiqa o‘qiladi

Yuk mashinasi 2-sinf o‘quvchisini bosib ketdi

Yuzda yurma yuzga kir deb bekorga aytishmaydi. Yuk mashinasi qoidalarga rioya qilmaganligi va tezlik oshirganligi sabab 2-sinf o‘quvchisi vafot etdi.

Hodisa haqida

Voqea joriy yilning 15-may kuni Qashqadaryo viloyati, Ko‘kdala tumanida yuz bergan. 

Voqea ko‘chadagi kameralarga ham yozilib qolgan. Unda o‘quvchilar piyodalar yo‘lakchasidan o‘tmoqchi bo‘ladi, ularga "nexia" rusumli avtomobil to‘xtab yo‘l beradi, ammo bolalar yo‘lakchadan o‘ta boshlagan paytda ikkinchi yo‘lakdan katta tezlikda kelayotgan yuk avtomobili ulardan birini bosib ketgan. 

Tezlikni oshirgan yuk avtomobili

Kamaz yuk avtomashinasi Samarqand G‘uzor yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan edi. Avtohalokat sodir bo‘lgan joyda tezlikni pasaytirish kerakligi haqidagi belgilar ham bo‘lgan, ammo haydovchi ularga bepisandlik qilib tezlikni oshirgan. 

Natijada, tumanning 37-maktabi 2-sinf o‘quvchisi avtohalokatda olgan og‘ir tan jarohatlari sababli voqea joyida vafot etgan. 

Jazo muqarrar

Mazkur holat yuzasidan jinoyat kodeksi 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, holat yuzasidan hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Haydovchiga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.