Dushanba, 19-oktabr, 2026
Havo 93 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +17° kechasi +9°

Issiqxona va turarjoy qurish uchun tarixiy yodgorliklar buzib tashlandi

Buning ortidan 230 millard so‘mga yaqin zarar yetkazilgan.

1 daqiqa o‘qiladi

Issiqxona va turarjoy qurish uchun tarixiy yodgorliklar buzib tashlandi

Bosh prokuraturaning tarixiy yodgorliklarni muhofaza qilish va saqlashga doir tekshiruvlari davomida bir qator qonunbuzilishlar aniqlandi.

Denovdagi “Qorabog‘tepa-1” arxeologik yodgorligi

Qayd etilishicha, Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi V – VII asrlarga oid “Qorabog‘tepa-1” arxeologik yodgorligining 585 m3 maydoni fuqaro S.S. va M.S.lar tomonidan uy-joy qurish maqsadida tekislab yuborilib, yodgorlikka 19,3 mlrd. so‘mlik zarar yetkazilgan.

Qariyb 210 millardlik yodgorlik

Shuningdek, Sariosiyo tumanidagi mil.avv. III–I asrlarga oid “Hayvontepa” arxeologiya yodgorligining 3500 m3 maydoni “M.I.S” xususiy korxonasi tomonidan issiqxona qurish maqsadida buzilib, yodgorlikka 208,1 mlrd. so‘mlik zarar yetkazilgan.

"Aniqlangan holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda. Eslatib o‘tamiz. Mazkur jinoiy qilmishlar qonunchilikka asosan og‘ir jinoyat hisoblanib, aybdor shaxslarga nisbatan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llaniladi", - deyiladi xabarda.