$
 12831.13
-55.77
 14542.80
-82.54
 161.07
0.2
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

Tramp “Yil odami” boʻldi

tramp

AQShning bo‘lajak prezidenti Donald Tramp 2024-yilda dunyoga eng katta ta’sir ko‘rsatgan shaxs sifatida tan olindi. U 2024-yilda Respublikachilar partiyasidan AQSh prezidenti saylovida nomzod bo‘ldi va katta ustunlik bilan g‘alaba qozondi. Saylovoldi kampaniyasi davrida unga nisbatan suiqasd uyushtirildi. U 2025-yil yanvar oyida prezidentlik davrining ikkinchi muddatiga kirishadi.

Faqat “yaxshi”lar emas

1927-yildan beri TIME jurnali “yaxshi yoki yomon bo‘lishidan qat’i nazar”, so‘nggi 12 oy ichida dunyoga eng katta ta’sir ko‘rsatgan shaxs, guruh yoki konsepsiyani tanlab kelmoqda. 2023-yilda bu unvonni xonanda Teylor Svift olgan edi.

Nomzodlar orasida kimlar bor edi?

Eslatib oʻtamiz, Tramp bilan bir qatorda 2024-yilgi nomzodlar ro‘yxatida AQSh vitse-prezidenti Kamala Harris, Uels malikasi Keyt Middlton, tadbirkor Ilon Mask, rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniyning bevasi Yuliya Navalnaya, Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu, podkaster Jo Rogan, Meta bosh direktori Mark Sukerberg va boshqalar ham bor edi.

Теги :
Jamiyat