“Yil odami” nomiga da’vogarlar ichida kimlar bor?
12-dekabr kuni “Time” jurnali “Yil odami” nomini ma’lum qiladi. Bugun, 10-dekabr nashr ushbu nomga da’vogarlarning qisqa ro‘yxatini taqdim etdi.
2 daqiqa o‘qiladi

12-dekabr kuni “Time” jurnali “Yil odami” nomini ma’lum qiladi. Bugun, 10-dekabr nashr ushbu nomga da’vogarlarning qisqa ro‘yxatini taqdim etdi. Ro‘yxat bilan quyida tanishing.
Kamala Harris
Kamala Harris amerikalik siyosatchi va advokat. U Prezident Jo Bayden davrida 2021-yildan beri Qo‘shma Shtatlarning vitse-prezidenti sifatida ishlab kelmoqda. U 2024-yilgi prezidentlik saylovlarida demokratlar partiyasidan nomzod bo‘lib, AQSHning yirik siyosiy partiyasi tomonidan prezidentlikka ko‘rsatilgan ikkinchi ayol bo‘ldi.
Elizabet Middlton
Ketrin Elizabet Middlton Britaniya qirollik oilasining a’zosidir. U Britaniya taxtining merosxo‘ri, Uels shahzodasi Uilyamga turmushga chiqqan.
Ilon Mask
Ilon Mask Tesla kompaniyasi bosh direktori hisoblanadi. U 2022-yilda ilgari Twitter deb nomlanuvchi ijtimoiy media platformasini sotib olib, 2023-yilda uni X deb o‘zgartirdi. Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, Mask 2024-yil dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatida qaytadan birinchi o‘ringa chiqib oldi.
Yuliya Navalnaya
Yuliya Navalnaya rossiyalik jamoat arbobi va siyosatchi Aleksey Navalniyning ayoli. Navalniy hayotligida u bir qator ommaviy axborot vositalarida “Rossiya muxolifatining birinchi xonimi” sifatida tilga olingan.
Binyamin Netanyaxu
Binyamin Netanyaxu Isroilning amaldagi Bosh vaziri. Xalqaro jinoiy sud (XJS) Netanyaxuni hibsga olinishi to‘g‘risida order bergan. Qaror 2023-yil 8-oktyabrdan 2024-yil 20-maygacha sodir etilgan “insoniyatga qarshi jinoyatlar va urush jinoyatlari” tufayli qabul qilingan.
Jerom Pauell
Jerom Pauell amerikalik huquqshunos, 2018-yildan beri AQSH Federal rezerv tizimi rahbari bo‘lib, ham Tramp, ham Bayden ma’muriyatida ishlagan. U ikki marta 2019- va 2020-yillarda “TIME 100” ro‘yxatida bo‘lgan.
Klaudiya Sheynbaum
Klaudiya Sheynbaum Meksikaning birinchi ayol Prezidenti sifatida qasamyod qilib tarixga kirdi. U mamlakatning 200 yildan ortiq mustaqillik davridagi birinchi yahudiy yetakchisidir.
Donald Tramp
Donald Trampning 2024 yildagi g‘alabasi ko‘p jihatdan tarixni yaratmoqda. U AQSH tarixidagi eng keksa prezident hisoblanadi.
Mark Sukerberg
Mark Sukerberg amerikalik media magnat, "Meta" kompaniyasi bosh direktori va nazorat qiluvchi aksiyadori hisoblanadi. Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, Sukerberning boyligi 210 milliard dollarga yetgan va u dunyodagi to‘rtinchi eng boy odamga aylangan.
Eslatib o‘tamiz, 2023-yilda amerikalik pop yulduzi Teylor Svift “Yil odami” deb topilgan edi.



