Dushanba, 19-oktabr, 2026
Havo 94 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +17° kechasi +9°

Haydovchilarga 26−27 may kunlari Toshkentga kelmaslik tavsiya etildi

YHXX Toshkentning ayrim ko‘chalarida harakatlanishni cheklamoqda.

1 daqiqa o‘qiladi

Haydovchilarga 26−27 may kunlari Toshkentga kelmaslik tavsiya etildi

26−27-may kunlari Toshkentning ayrim koʻchalarida avtotransport vositalarining harakatlanishiga cheklov kiritiladi, deb xabar qildi IIV Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati.

Sabab nima?

Bu “keng miqyosdagi xalqaro tadbirlar oʻtkazilishi hamda ayrim koʻchalarda obodonlashtirish va qurilish-montaj ishlari davom etayotgani munosabati bilan” deya izohlandi.

“Zarurat boʻlmaganda, haydovchilarga Toshkent shahriga harakatlanmaslikni tavsiya qilamiz”, — deyiladi xabarda.

YHXXdan murojaat

YHXX ayrim koʻchalarda transport harakati cheklangan taqdirda, haydovchilardan YPX xodimlarining talablariga, shuningdek, yoʻl belgilari vv chiziqlarga qatʼiy rioya qilishni soʻradi.

Xalqaro tadbir – Putinning tashrifi

Ma’lumot uchun, 26−27-may kunlari Rossiya prezidentining Oʻzbekistonga davlat tashrifi boʻlib oʻtadi. Putin Shavkat Mirziyoyev bilan birgalikda Oʻzbekiston va Rossiya hududlari kengashining birinchi yigʻilishida ham ishtirok etadi.\