Krishtianu Ronaldu Yevro-2024 da terma jamoa bilan mashg‘ulotlarini to‘xtatishga majbur bo‘ldi
Portugaliyalik mega yulduzning muxlislari "ertak"ning so‘nggi boblarini o‘tkazib yuborishmoqchi emas. Terma jamoaning mashg‘ulotlarida ham ajiotaj sodir bo‘lmoqda.
2 daqiqa o‘qiladi

Portugaliyalik mega yulduzning muxlislari "ertak"ning so‘nggi boblarini o‘tkazib yuborishmoqchi emas. Terma jamoaning mashg‘ulotlarida ham ajiotaj sodir bo‘lmoqda.
Ronaldu va Yevro
Tez orada Portugaliya Yevro-2024 da ilk o‘yinini o‘tkazadi va barcha futbol ishqibozlarining e’tibori Krishtianu Ronalduga qaratilgan. Buyuk portugaliyaliklar uchun bu ketma-ket oltinchi Yevropa chempionati va, ehtimol, so‘nggi yirik xalqaro turnirdir. 20-yil oldin yosh Ronaldu Evro-2004 da portugaliyaliklarning qalbidan joy oladi. Turnirni zaxira o‘rindig‘ida boshlagan Krish o‘zining fidoyiligi sabab, tezda ko‘pchilikning sevimlisiga aylandi. Uning Gretsiyadan uchralgan mag‘lubiyatdan keyingi to‘kkan ko‘z yoshlari hamon muxlislar xotirasida saqlanib qolgan bo‘lsa, ajab emas. O‘shandan beri Ronaldu millionlarning kumiriga aylandi va ko‘pchilikning fikricha, u tarixdagi eng yaxshi yevropalik futbolchiga aylangan.
Mashg‘ulotlar tomoshasi uchun 50 minglik navbat
ESPN ma’lumotlariga ko‘ra, terma jamoa mashg‘ulotlarga 6000 ta bepul chiptalar bir zumda sotilib ketgan va ular uchun onlayn navbat 50 ming kishiga yetgan. Natijada, ba’zi omadli odamlar chiptalarni qayta sotishni boshlagan. Krishtianu Ronalduni mashg‘ulotlarda bo‘lsa-da, yaqinroqdan kuzatish narxi tekinlik darajasidan 800 yevrogacha yetadi.

Xavfsizlik sabab
Tabiiyki, olmoniyalik muxlislarning aksari yulduz hujumchi Krishtianu Ronalduni iloji boricha yaqinroq ko‘rishga intilgan. Ish shu darajaga yetganki, xavfsizlik xodimlarining harakatlariga qaramay, o‘nga yaqin muxlislar futbol maydoniga bostirib kirishga muvaffaq bo‘lgan.
Chexiyaga qarshi bahs
Ta’kidlash kerakki, darvozabon Viktor Sani u hatto muxlislardan birini ushlab, xavfsizlik xodimlariga yordam beradi. Portugaliya terma jamoasi 2024 yilgi Yevropa chempionatidagi ilk o‘yinini 18-iyun, seshanba kuni o‘tkazadi. Roberto Martines shogirdlari Chexiyaga qarshi bahs olib boradi.



