Bugun Yevropa chempionati start oladi
Bugun oqshomda futbol muxlislarining yillab intizor kutadigan musobaqasi — Yevropa chempionati start oladi.
1 daqiqa o‘qiladi

Bugun oqshomda futbol muxlislarining yillab intizor kutadigan musobaqasi — Yevropa chempionati start oladi.
Musobaqa bosqichlari va kunlari
Musobaqa 14-iyunidan 14-iyulga qadar bo‘lib o‘tadi. Yevro-2024 ning guruh bosqichi 26-iyunga qadar davom etishi rejalashtirilgan. Pley-off uchrashuvlari 28-iyun kuni, 1/8 final bosqichidan boshlanadi. Chorak final o‘yinlari 5 va 6-iyul, yarimfinallar — 9 va 10-iyul kunlariga belgilangan. Final 14-iyul kuni Berlindagi «Olimpiashtadion» arenasida o‘tkaziladi.
Musobaqa manzillari
Bu galgi "Yevro" mezbonligi Germaniyaga topshirilgan. Turnir o‘yinlari Germaniyaning o‘n shahrida: Berlin, Hamburg, Gelzenkirhen, Dortmund, Dyusseldorf, Kyoln, Leypsig, Myunxen, Frankfurt va Shtutgart shaharlarida joylashgan muhtasham stadionlarda bo‘lib o‘tadi. Ular: «Olimpiashtadion», «BVB-Shtadion», «Dyusseldorf Arena», «Frankfurt Arena», «Arena AufShalke», «Folksparkshtadion», «Kyoln Shtadion», «Leypsig Shtadium», «Alyans Arena» hamda «Shtutgart Arena»dir.



