$
 12964.43
-30.16
 14744.45
-17.4
 158.28
0.6
weather
+26
Кечаси   +14°

Joriy yil O‘zbekistonda 70 yoshdan keyin ota bo‘lganlarning soni aniqlandi

Jiji

Adliya vazirligi 2024-yilning olti oyi ichida sodir bo'lgan FHDYga oid eng qiziq statistik ma’lumotlardan iborat infografikani ommaga taqdim qildi. Vazirlik hisobotiga ko‘ra, 2024-yilning o‘tgan 6 oyi davomida 34 nafar 70 yoshdan oshgan erkaklar ota bo‘lgan. 

6 oylik raqamlar yig‘indisi

Ortda qolgan yarim yillikda 20 yoshgacha ota bo‘lganlar soni 4816 nafar, 20 yoshga ona bo‘lganlarning umumiy soni esa 131 217 nafar deya qayt etilgan. Hisobotiga ko‘ra, joriy yilning o‘tgan 6 oyi davomida 34 nafar 70 yoshdan oshgan erkaklar ota bo‘lgan. Ortda qolgan yarim yillikda 20 yoshgacha ota bo‘lganlar soni 4816 nafar, 20 yoshgacha ona bo‘lganlarning umumiy soni esa 131 217 nafarni tashkil qilgan.

Yoshlar orasidagi tafovut

Shuningdek, bu natijaga yosh o‘lchovi bilan qaraydigan bo‘lsak, erkaklar orasida natija quyidagicha:

50 yoshdan oshgan erkaklar – 2309 nafar;

60 yoshdan oshgan erkaklar – 412 nafar;

70 yoshdan oshgan erkaklar – 34 nafarni tashkil qilgan.

Farzandli bo‘lgan ayollarning yosh bo‘yicha natijasi quyidagicha:

40 yoshdan keyin ona bo‘lganlar – 1069 nafar;

45 yoshdan keyin ona bo‘lganlar – 150 nafar;

50 yoshdan keyin ona bo‘lganlar – 12 nafarni tashkil qilgan. 

2023 - yil natijalari

Ma’lumot uchun, 2023 yilda 74 erkak yetmishvoy, 834 nafari oltmishvoy bo‘lgan. O‘tgan yilda 4 418 nafar yigit, 106 038 nafar ayol 20 yoshgacha ota-ona bo‘lgan. Bundan tashqari, qolgan yosh oraliqlaridagi natijalar quyidagicha qayd etilgan: 

4814 nafar erkak 50 yoshdan keyin ota;

834 nafar erkak 60 yoshdan keyin ota;

74 nafar erkak 70 yoshdan keyin ota

10885 nafar ayol 40 yoshdan keyin ona;

309 nafar ayol 45 yoshdan keyin ona;

42 nafar ayol 50 yoshdan keyin ona bo‘lgan.