$
 12927.17
36.74
 14717.58
-3.29
 155.73
-0.31
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

Tadqiqot: Dunyo miqyosida siyosiy yetakchilarning aksari 70 yoshdan oshgan

yetakchilar

Jahon boʻyicha siyosiy hokimiyat borgan sari keksalar qoʻliga oʻtmoqda. Bild nashri dunyodagi prezidentlarning yoshi va ularning siyosiy nufuzlari haqida ma’lumotlarni e’lon qildi.

Dunyo aholisining uchdan ikki qismini boshqaruvchi 5 ta davlat lideri

Bugungi kunda jahonda harbiy jihatdan eng lider davlatlar boʻlmish AQSh, Rossiya, Xitoy, Hindiston va Eron rahbarlarining yoshi 70 dan kam emas. Jumladan:

AQSh – Donald Tramp – 78 yosh;

Rossiya – Vladimir Putin – 72 yosh;

Xitoy – Si Szinpin – 71 yosh;

Hindiston – Narendra Modi – 74 yosh;

Eron – Oyatulloh Ali Xominaiy – 85 yosh.

Qizigʻi shundaki, shu 5 ta mamlakat aholisi 5,4 mlrd. boʻlib, bu dunyo aholisining 67,5 foizi deganidir.

Nima uchun ro‘yxatga qirol Charlz III kiritilmagan?

Taʼkidlanishicha, roʻyxatdagi davlat rahbarlari shunchaki hokimiyatdagi emas, balki real hayotda ham qaror qabul qiladigan shaxs sifatida qabul qilingan.

Shuning uchun ham Buyuk Britaniya hokimiyat vakili bu roʻyxatga kiritilmagan. Chunki mamlakat qiroli garchi Charlz III (u 76 yoshda) boʻlsa-da, aslida qaror qabul qilish vazifasini Bosh vazir Keir Starmer (62) bajaradi.

BMT dunyo aholisining oʻrtacha yoshini 30 deb belgilagan

Shuning bilan birga, Birlashgan Millatlar Tashkiloti dunyo aholisining oʻrtacha yoshini 30 deb hisoblaydi. Demak, aholining yarmi 30 yoshdan kichik. Davlat rahbarlarining oʻrtacha yoshi esa 61 yosh va bu aholining oʻrtacha yoshidan ikki baravarga koʻp deganidir.

Eng keksa prezident

Bugungi kunda yosh boʻyicha rekordchi rahbar Kamerun prezidenti Pol Biyadir. U 91 yoshda va 42 yildan beri bu lavozimda ishlab keladi. Ajablanarlisi, Kamerun aholisining oʻrtacha yoshi 18 ga ham yetmaydi.

Jahonda dunyo aholisining atigi 4,7 foizini ayollar boshqaradi

Shuningdek, BILD tahliliga koʻra, atigi 28 mamlakat va hudud ayollar qoʻlida. Bularga Meksika yoki Italiya kabi bir nechta yirik davlatlar kiradi. Jami 380 mln. fuqaro ayol rahbarlar tomonidan boshqariladi. Bu dunyo aholisining atigi 4,7 foizini tashkil qiladi.