Yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallaganlar uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda
Jinoyat, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi hamda Jinoyat-protsessual kodekslarida yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish bilan bog‘liq jinoyatlar prokuratura organlarining tergoviga taalluqli ekanligi belgilanmoqda.
1 daqiqa o‘qiladi

Bugun, 25-iyun kuni Qonunchilik palatasi deputatlari majlisida yer uchastkalaridan samarali foydalanish hamda sohadagi huquqbuzarliklarning oldini olish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.
Ushbu turdagi joniyatlar jinoyatlar prokuratura organlarining tergoviga taalluqli ekanligi belgilanmoqda
Qonun loyihasi bilan yer to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablarini buzganlik bilan bog‘liq qilmishlar uchun javobgarlik choralari kuchaytirilmoqda. Xususan, Jinoyat, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi hamda Jinoyat-protsessual kodekslarida yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish bilan bog‘liq jinoyatlar prokuratura organlarining tergoviga taalluqli ekanligi belgilanmoqda.
Davlat egaligidagi yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallash masalasi
Bundan tashqari, Iqtisodiy va Fuqarolik protsessual kodekslari sudlarda o‘zboshimchalik bilan egallangan davlat egaligidagi yer uchastkalarini qaytarish hamda noqonuniy qurilmalarni buzib tashlashga oid ishlarni ko‘rib chiqishning alohida tartibini belgilovchi normalar bilan to‘ldirilmoqda.
Sudga ariza berishda davlat boji bekor qilinadi
Shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari fuqarolik va iqtisodiy sudlarga yer to‘g‘risidagi qonun buzilishi bilan bog‘liq ariza kiritganda davlat bojidan ozod etilishi belgilanyapti.
Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.



