$
 12020.90
17.72
 13988.72
1.41
 155.49
-1.19
weather
+26
Кечаси   +14°

“Yil odami” kim bo‘ldi?

Anonim person

Time jurnali an’anaviy ravishda 2025-yilning eng muvaffaqiyatli shaxslarini e’lon qilishni boshladi. Jurnalning eng yirik nominatsiyalari egalari – “Yil odami”, “Yil rahbari”, “Yil artisti” aniq bo‘ldi.

Ma’lumot uchun o‘tgan yili Donald Tramp, ikkinchi prezidentlik muddatiga saylanganidan so‘ng, “Yil odami” sifatida e’tirof etilgan edi. Xo‘sh, nima deb o‘ylaysiz 2025-yilning “Yil odami” kim?

“Yil odami” bir kishi emas

Jurnalning muqovasida, “Osmono‘par binoda tushlik” surati asosida, Meta rahbari Mark Sukerberg, AMD bosh direktori Liza Su, X kompaniyasining egasi Ilon Mask, Nvidia rahbari Jensen Huang, OpenAI rahbari Sem Altman, Googleʼning AI bo‘limi DeepMind bosh direktori Demis Hassabis, Anthropic rahbari Dario Amodei va ImageNet asoschisi Fei-Fei Li tasvirlangan.

O‘tgan yili Donald Tramp, ikkinchi prezidentlik muddatiga saylanganidan so‘ng, “Yil odami” sifatida e’tirof etilgan edi.

Time журнали «Йил одами»ни эълон қилди

Sun’iy intellektning tanlanishi 69% edi

Ba'zi tahlilchilarga ko‘ra, sun’iy intellekt 2025-yilda “Yil odami” deb tanlanishi mumkin edi. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, sun'iy intellektning tanlanish ehtimoli 69% ni tashkil etgan. Keyingi o‘rinlarda esa, Nvidia kompaniyasining asoschisi va rahbari Jensen Huang (14%), OpenAI bosh direktori Sem Altman (10%), Papa Leo XIV (4%) va AQSh prezidenti Donald Tramp (1%) joylashgan.

“Yil rahbari”

Shuningdek, jurnal Nil Mohanni 2025-yilning “Yil rahbari” deb e’tirof etdi. U YouTube boshqaruviga 2023-yilda Syuzan Voyjitski o‘rniga kelgan va undan oldin YouTube TV, Music, Premium va Shorts loyihalarida servis mahsulotlari direktori sifatida ishlagan.

2025-yilda YouTube TV servisi “tomoshabinlar mehmonxonasida mustahkam o‘rin egalladi”, deb yozdi Time. YouTube Shorts ilovasidan oyiga 2 milliard foydalanuvchi foydalanayotganini, shuningdek, platformaning podkastlar sohasida ham yetakchiga aylanganini ta’kidlagan. YouTube, shuningdek, “yulduzlarni yaratishga qodir” ekanligini, MrBeast va Prime, Netflix va Ms. Rachel o‘rtasidagi shartnomalar kabi muvaffaqiyatli bitimlarni misol sifatida keltirgan.

“Yil artisti”

Shu bilan birga, Time Leonardo Di Kaprioni 2025-yilning “Yil artisti” deb e’tirof etdi. Jurnalning yozishicha, Di Kaprio barcha tengdoshlari havas qiladigan muvaffaqiyatli karera qurishga erishgan. Time, shuningdek, uning “bir qarashda noto‘g‘ri tuyulgan tanlovlarini qilib, oxir-oqibat to‘g‘ri qarorlar chiqarishini” ta’kidladi va aktyorning betakror qiyofasiga alohida e’tibor qaratdi.