$
 12957.01
-11.33
 13485.66
-6.6
 132.13
-0.19
weather
+26
Кечаси   +14°

Endi yaylovlar “E-yaylov” elektron platformasi orqali 49 yilgacha ijaraga beriladi

yaylov

“Yaylovlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.

Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi tugatiladi

Farmonga koʻra, Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi tugatiladi. Ipakchilik qoʻmitasining vazifa va funksiyalari quyidagi qoʻmita va vazirliklarga oʻtkaziladi:

  • yaylovlarni boshqarishga oid vazifa va funksiyalari – Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasiga;
  • pilla yetishtirish va ipakchilik sohasini rivojlantirishga oid vazifa va funksiyalari – Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasiga;
  • Qorakoʻlchilik va choʻl ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti hamda Buxoro choʻl-yaylov ozuqabop oʻsimliklar urugʻchiligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi – Veterinariya qoʻmitasi tizimiga;
  • Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti va Oʻzbekiston tabiiy tolalar ilmiy-tadqiqot instituti – Qishloq xoʻjaligi vazirligi tizimiga.

“E-yaylov” elektron platformasi ishga tushiriladi

Farmonga muvofiq, quyidagilar tashkil etiladi:

  • Veterinariya qoʻmitasi muassisligida Qoraqalpogʻiston, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand va Surxondaryo yaylov xoʻjaliklari (hududiy yaylov xo'jaliklari);
  • Veterinariya qoʻmitasi markaziy apparati tuzilmasida Yaylov xoʻjaligini rivojlantirish boshqarmasi;
  • Yaylov yerlaridan samarali foydalanishni tashkil etish va ularni muhofaza qilish, qorakoʻlchilik, teri va jun sanoati sohalarini yanada rivojlantirish boʻyicha respublika komissiyasi.

Yaylovlar 49 yilgacha ijaraga beriladi

Hududiy yaylov xoʻjaliklari yaylov yerlarini boshqarish va ulardan foydalanish, oʻzlariga doimiy foydalanish huquqi bilan berilgan yaylovlarni ijaraga berish sohasida oʻrmon xoʻjaliklari uchun belgilangan huquq va majburiyatlardan foydalanadi.

Yaylovlar chorvachilik va boshqa xoʻjaliklarga Respublika komissiyasining qaroriga asosan toʻgʻridan-toʻgʻri ijaraga berilishi mumkin.

2025-yil 1-dekabrgacha yaylovlardan samarali foydalanishni nazarda tutuvchi “E-yaylov” elektron platformasi ishga tushiriladi.



Теги :
Jamiyat