$
 12825.43
-12.9
 13493.63
-4.59
 120.98
1.28
weather
+26
Кечаси   +14°

Innovatsion rivojlanish agentligi "Yashil makon" loyihasida faol ishtirok etmoqda

Yashil makon umummilliy loyihasi doirasida har yili kamida 200 million tup daraxt ekish koʻzda tutilgan boʻlib, “Yashil makon” loyihasi doirasida bahorgi ekish mavsumini tashkil qilish hamda chiqindilar bilan ishlash tizimini takomillashtirish yuzasidan oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida bu yil bahorda 125 million tup koʻchat ekish belgilangan.


Hozirgi kunda, mamlakatimiz barcha hududlarida "Yashil makon" doirasidagi koʻkalamzorlashtirish ishlari viloyat, shahar, tuman, mahallalar, taʼlim muassasalari, vazirlik va idoralar kesimida tasdiqlangan manzilli dasturlar asosida jadal amalga oshirilmoqda.

Xususan, mazkur loyiha doirasida Toshkent shahar Olmazor tumanida joylashgan Nuroniylar markazida ham koʻkalamzorlashtirish va daraxtzorlashtirish ishlari olib borilmoqda. Bunda Innovatsion rivojlanish agentligi xodimlari joriy yilning 27-mart kuni 10 turdagi 230 tup manzarali daraxt koʻchatlarini oʻtkazishgan edi. Kecha, 6-aprel kuni, ekilgan koʻchatlar tagi Agentlik jamoasi tomonidan yumshatilib sug‘orildi. Shuni aytish joizki, Innovatsion rivojlanish agentligi ekilgan daraxt ko‘chatlari to‘g‘ri unib-oʻsishida va ularni zarur dori vositalar bilan oziqlantirgan holda muntazam parvarish qilinishida faol ishtirok etib kelmoqda.